Homiladorlikda toksoplazmoz – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Homiladorlikda toksoplazmoz – bu parazitar kasallik boʻlib, T.gondii parazitining homilador ayol organizmiga kirishidan rivojlanadi. Koʻp hollarda kasallik belgilarsiz kechadi, baʼzida gripp xuruji kabi simptomlar yuzaga chiqishi mumkin. Homiladorlarda toksoplazmoz diagnostikasida IgM va IgG serologik tekshiruvlari, homila ichi suyuqligi PSR usuli va homila UTT (UZI) tekshiruvlari oʻtkaziladi. Medikomentoz davoda makrolitlar, antibiotiklar yoki sulfanilamidlar va foli kislota antagonistlari qoʻllaniladi.

Toksoplazmoz – bu infeksion-parazitar kasallik boʻlib, uni toksoplazma paraziti keltirib chiqaradi, bu patologiya akusherlik va ginekologiya sohasida juda katta ahamiyatga ega, chunki parazit transplansentar yoʻl bilan yuqishi kasallikning eng ogʻir oqibati hisoblanadi. Statistika boʻyicha 15 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan ayollarning 15-25 % i T.gondii bilan zararlanganlar. Tugʻma toksoplazmoz bilan har 10 000 yangi tugʻilgan chaqaloqlarning 1 dan 10 tasigacha kasallanishi mumkin, shularning orasidan 3-10 % ida ogʻir tugʻma anomaliyalar ham kuzatiladi.

Homiladorlikda toksoplazmoz
Foto: www.familyeducation.com

Parazitni oʻziga yuqtirib olgan chaqaloqlarni dunyoga keltirgan ayollarning 55 % i oʻzlarida hech qanday belgilarni his etishmagan. Toksoplazmozni yuqtirib olish xavfi immun tizimi zaif ayollar hamda endemik zonalarda istiqomat qilish yoki u yerda boʻluvchilarda yuqori boʻladi, masalan Fransiya, Lotin Amerikasi va Janubiy Afrikada mintaqalarida.

Homiladorlikda toksoplazmozning kelib chiqish sabablari

Homiladorlikda toksoplazmoz qoʻzgʻatuvchisi – Toxoplasma gondii hisoblanadi. Parazit hujayra ichida oʻz hayot faoliyatini olib boradi, uning uzunligi 4 mkm dan 8 mkm gacha boʻladi. Toksoplazma 3 xil shaklda hayot kechiradi: oosista, toʻqima sista va taxizoit. Birinchi va ikkinchi shakllari inson uchun yuqumli hisoblanadi.

Sistalar zararlangan goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilganda yuqadi, oositlar esa tuproq bilan kontaktda boʻlganda, yaxshi yuvilmagan sabzavot mahsulotlarini isteʼmol qilganda inson organizmiga tushadi. Oosista shaklidagi toksoplazma tashqi muhitga juda chidamli boʻladi, u iliq va nam sharoitda uzoq muddat saqlanib qoladi.Parazit inson organizmiga kirganidan soʻng taxizoit shakliga oʻtadi, aynan shu shakli insonda kasallik chaqiradi va homilaga ham yuqadi.

T.gondii inson organizmiga bir necha yoʻl orqali yuqadi – xom yoki chala pishgan goʻsht isteʼmol qilish, mushuk najasi bilan ifloslangan tuproq bilan kontaktda boʻlish, transplasentar yoʻl yaʼni onadan homilaga hamda kamdan kam uchraydigan holat qon quyishda. Homiladorlikda toksoplazmozning yuqishi asosan (65 % holatlarda) ifloslangan ozuqa mahsulotlari isteʼmol qilish bilan amalga oshadi, ayrim holatlarda xom goʻsht isteʼmol qilgan mushuklar bilan kontaktda boʻlish ham toksoplazmaning inson organizmiga yuqishi ham kuzatiladi.

O‘QING:  Homiladorlikda bosh ogʻrishi - sabablari va davolash yoʻllari

Parazit yuqishida manba inson boʻlib, faqatgina qon quyish orqali zararlangandagina xizmat qiladi. Inson organizmiga T.gondiining bir donasi tushsa ham inson zararlangan hisoblanadi va bu bir umr saqlanib qolishi ham mumkin (subklinik shakl).

Homiladorlikda toksoplazmoz belgilari

90 % dan ortiq hollarda homilador ayollarda toksoplazmoz belgilarsiz kechadi, yaʼni ayol sogʻlom tashuvchi boʻlib xizmat qiladi. Yaqqol namoyon boʻluvchi klinik belgilar koʻproq immun tizimi sust homilador ayollarda kuzatiladi, bunda yondosh kasalliklar sifatida infeksion va bakterial kasalliklar, glyukokortikoid moddalar uzoq muddat isteʼmol qilganda, OITS ning erta bosqichlarida va boshqalarda ham yuzaga chiqadi.

Kasallikning inkubatsion davri 1 kundan 3 kungacha davom etishi mumkin. Homiladorlikda toksoplazmozning oʻtkir shakli gripp belgilari kabi boʻladi: tana haroratining 37,5-38 oC gacha koʻtarilishi, umumiy holsizlik, charchash, bosh ogʻrishi, limfa tugunlarining kattalashishi, kam hollarda gepatosplenomegaliya ham kelib chiqishi mumkin.

Kam holatlarda homilador ayollarda xoriretinit, konyuktivit, keratit yoki iridosiklit rivojlanadi. Immun tizimining zaiflashuvi natijasida toksoplazmoz ogʻir asoratlanishi mumkin, masalan ensefalit, gepatit, miokardit yoki zotiljam.

Toksoplazmoz TORCH-infeksiyalar guruhiga kiradi, bu infeksiyalar teratogen taʼsir koʻrsatadi. Eng xavfli jihati homilador ayolning birlamchi zararlanishidir, surunkali toksoplazmoz homilada sezilarli anomaliyalar chaqirmaydi. Yoʻldosh orqali taxizoitlar kirganidan soʻng 1 oydan 4 oygacha boʻlgan muddat oʻtishi bilan homila zararlanadi.

Statistika boʻyicha toksoplazmozning homilaga yuqishi homiladorlikning uchinchi uchoyligida 10-12 barobar ortib ketadi. Ammo, shunday boʻlsada homiladorlikning ilk muddatlarida homilaning zararlanish oqibatlari xavfliroqdir. Homiladorlikning ilk uch oyligida toksoplazmoz homila tushishi, homilada turli xil anomaliyalar rivojlanishiga sabab boʻladi.

Kechki tugʻma toksoplazmozlar Sebin tetradasi bilan namoyon boʻladi: xorioretinit, bosh miya shishi, talvasa sindromi, bosh miya ichi kalsifikatsiyasi. Bundan tashqari homilaning rivojlanishdan ortda qolishi va mikrosefaliya rivojlanishi ham mumkin. Bu kabi belgilar homiladorlik vaqtida oʻtkir toksoplazmoz oʻtkazilganlikdan dalolat beradi.

Toksoplazmoz diagnostikasi

Homiladorlik vaqtida toksoplazmoz diagnostikasi anamnez yigʻish, yuzaga chiqadigan simptomlar, laborator va instrumental tekshiruvlar natijasida olib boriladi. Bemordan anamnez yigʻilayotganda akusher-ginekolog yoki infeksionist toksoplazma parazitining yuqish ehtimoliga eʼtibor qaratadi, yaʼni xom goʻsht isteʼmol qilishi, yuvilmagan sabzavot va mevalar yeyish, daydi mushuklar bilan kontaktda boʻlish, tuproq bilan kontaktda boʻlish hamda endemik zonalarda boʻlganligi haqida maʼlumotlar yigʻiladi.Homiladorlik vaqtida ayol fizikal koʻruvida gripp kabi belgilar aniqlanishi mumkin, ammo bu simptomlar har doim ham toksoplazmoz haqida yetarlicha maʼlumot bera olmaydi.

O‘QING:  Homiladorlikda molochnitsa (kandidoz)

Toksoplazmoz diagnostikasida eng asosiy tekshiruv usullari bu serologik test, UTT (UZI) va amniotik parda punksiyasi hisoblanadi. Laborator tekshiruv diagnostikaning birinchi “qadami” boʻlib, unda immunoferment analiz (IFA) oʻtkaziladi yoki maxsus test-tizim oʻtkaziladi. Bu tekshiruvda immunoglobulin M (IgM) va G (IgG) qonda aniqlanadi. Agar analiz natijalari manfiy boʻlsa, toksoplazmoz kasalligi ham boʻlmaydi. IgM koʻp miqdorda aniqlanishi T.gondii ning inson organizmiga birinchi marotaba kirganligidan darak beradi. Soʻngra titr koʻrsatkich sekin-asta oshib boradi va parazit invaziyasidan 5-20 kun oʻtib maksimum darajaga yetadi.

Toksoplazmoz bilan zararlangan ayol qonida IgG miqdori parazit kirganidan soʻng 7-14 ichida aniqlanadi va 3-6 oy ichida maksimum darajaga yetadi. Koʻp holatlarda IgG miqdorining oshishi toksoplazmozning latent kechayotganligidan dalolat beradi. Musbat natija aniqlanganda tekshiruv 3-4 marotaba qayta oʻtkaziladi.

Homilador ayollarda UTT (UZI) tekshiruvi homilaning holatini aniqlash uchun kerak boʻladi. Koʻpincha tugʻma toksoplazmoz belgilari yaqqol aniqlanmaydi yoki tashxisni tasdiqlash uchun yetarlicha boʻlmaydi.

Qoʻshimcha tekshiruvlar

Homilaning toksoplazma bilan zararlanishida – rivojlanishning kechikishi va MNT (Markaziy nerv tizimi) anomaliyalari, mikrosefaliya belgilari rivojlanadi. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish faqatgina homilada oʻta ogʻir anomaliyalar kelib chiqqan boʻlsagina amalga oshiriladi. Amniotik qobiq punksiyasi (amniosentez) homiladorlarda serologik tekshiruvlar va UTT (UZI) tekshiruvlari yetarlicha maʼlumot bermaganda oʻtkaziladi.

Amniotik qobiq punksiyasi neonotolog, infeksionist va akusher-ginekologlar hamkorligida oʻtkaziladi. Bunda amniotik suyuqlik olinadi va polimer zanjir reaksiyasi (PZR) yordamida T.gondii paraziti aniqlanadi. Ushbu tekshiruv usulining maʼlumotlilik darajasi 90-95 % ni tashkil etadi. Amniosentez tekshiruvining yagona kamchiligi shundaki, tekshiruv faqatgina homiladorlikning ilk muddatlarida oʻtkaziladi. 18 haftadan soʻng natijalar yolgʻon boʻlishi ham mumkin.

Homiladorlikda toksoplazmoz davosi

Homiladorlikda toksoplazmoz davosi oʻtkir shaklida va klinik belgilar bilan namoyon boʻlgandagina olib boriladi. Agar kasallik klinik simptomlarsiz kechadigan boʻlsa, patologiya oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi. Homilaning zararlanishiga asoslanib davo muolajalari ikki xil yoʻl bilan olib boriladi. Homila zararlanmagan boʻlsa (PZR ga asoslangan holda) makrolid guruhiga kiruvchi antibiotiklar qoʻllaniladi (Spiramitsin). Bu kabi preparatlar homila toʻqimalarida toʻplanadi va parazitning vertikal yoʻl orqali yuqishiga toʻsqinlik qiladi.

O‘QING:  Homiladorlikda buyrak og‘​rishi

Homiladorlikda kuzatiladigan toksoplazmoz parazitining homilaga yuqqanligi aniqlansa, davo muolajalari foli kislota antagonistlari (pirimetamin) va sulfanilamidlar (sulfadiazin) yordamida olib boriladi. Birinchi guruh preparatlari suyak koʻmigida hujayralar boʻlinishini sekinlashtiradi, shu sababli ular foli kislota saqlovchi preparatlar bilan birgalikda olib boriladi. Bundan tashqari preparat birinchi uchoylikda qoʻllash mumkin emas. Bu davo choralari homilada turli patologiyalar rivojlanmasligi va oqibatning ijobiy boʻlishiga olib keladi.

Homiladorlikda toksoplazmoz profilaktikasi va kasallik oqibati

Homiladorlik vaqtida toksoplazmoz kasalligi oqibati ijobiy. Deyarli barcha holatlarda bemorlar davo topadilar. Tugʻilajak bola ahvoli parazitning homilador ayol organizmiga kirgan muddatiga bogʻliq, bunda homiladorlikning birinchi uchoyligida homilada turli xil anomaliyalar rivojlanish ehtimoli yuqori boʻladi.

Homiladorlikda toksoplazmoz profilaktikasiga parazit yuqish yoʻllarining barchasini cheklash va homiladorlik skrining tekshiruvlaridan oʻtib turish kiradi. Parazit yuqish yoʻllarini cheklashda faqatgina toza suv isteʼmol qilish, sifatli termik qayta ishlovdan oʻtqazilgan mahsulotlar isteʼmol qilish, mushuk va tuproq bilan kontaktda boʻlmaslik kabilar kiradi. Skrining tekshiruvi toksoplazma parazitining yuqish ehtimoli yuqori boʻlgan ayollarda har oyda oʻtkaziladi, hamda serologik tekshiruv ham buyuriladi.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz

Loading...


🏠 » Homiladorlik » Homiladorlik muammolari » Homiladorlikda toksoplazmoz – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari


Loading...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan