Progesteron yetishmovchiligi – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Progesteron yetishmovchiligi – endokrin kasalligi, hayz siklining ikkinchi yarmida sariq tanadan progesteron gormoni kam ishlab chiqarilishi bilan kechadigan patologik holat. Bu holat belgilariga hayz koʻrish vaqtida ogʻriq boʻlishi va hayz kelishining noregulyarligi, homiladorlikning ogʻir kechishi yoki homila implantatsiyadining buzilishi kuzatiladi. Kasallikni tashxislashda qondagi gormon miqdori, bachadon UTT (UZI) tekshiruvi, endometriy qavat biopsiyasi va gistologik tekshiruvlari oʻtkaziladi. Ushbu gormon yetishmovchiligida gormon oʻrnini bosuvchi preparatlar buyuriladi.

progesteron yetishmovchiligi

Progesteron yetishmovchiligi nima?

Progesteron yetishmovchligi boshqacha qilib aytganda sariq tana yoki lyuteinlovchi davr yetishmovchiligi deb nomlanadi. Patologik holatning bunday nomlanishiga sabab sariq tana normada progesteron gormonini ishlab chiqaradi, bu jarayon esa hayz siklning ikkinchi davrida (lyuteinlovchi davr) roʻy beradi. Kasallikning tarqalganlik darajasi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq, chunki bu holat koʻpincha boshqa gormonal disbalanslar bilan adashtirib qoʻyiladi.

Kasallik qondagi progesteron gormoni miqdorining kamligini aniqlash yoʻli bilan tashxislanadi. Qonda progesteron gormoni miqdori kamayishi endokrin tizimida zanjir mexanizmini yuzaga chiqaradi, shu bilan bir qatorda anovulyator siklga ham sabab boʻladi. Ushbu patologik holat koʻpincha 18-25 yoshdagi ayollarda uchraydi.

Progesteron gormon yetishmovchiligi sabablari

Endokrin kasalliklar rivojlanish aniq sabablari aniqlanmagan, kasallik rivojlanish ehtimolini oshirib yuboruvchi bir qator omillar mavjud, ular quyidagilar:

  • Genetik (nasliy) moyillik – ayrim X xromosomalar mutatsiyasi tuxumdonlar funksiyasi va fermentlar tizimiga salbiy taʼsir etadi. Bunday jarayon endokrin kasalliklarning nasliy oʻtishiga olib keladi, yaʼni kasallik onadan qiziga oʻtadi.
  • Tuxumdonlar zararlanishi – progesteron yetishmovchiligi tuxumdonlar polikistozi, travmalari yoki oʻsma kasalliklari natijasida ham rivojlanishi mumkin.
  • Gipofiz funksiyasining buzilishi – gipofiz bezi oʻsmalari inson endokrin tizimidagi koʻpgina oʻzgarishlarga sabab boʻladi, shu bilan bir qatorda jinsiy gormonlar balansi ham oʻzgaradi.
  • Ayol kishi hayot tarzi. Zararli odatlar (chekish, spirtli ichimliklar ichish), semizlik, oʻta kuchli jismoniy zoʻriqish, kuchli diyetaga rioya etish ham progesteron yetishmovchiligiga olib keladi.

Progesteron yetishmovchiligiga olib keluvchi yana bir omil – oral kontraseptiv preparatlarni uzoq muddat qabul qilib yurishdir. Bundan tashqari, gormonal preparatlardan uzoq muddat foydalanish (masalan, gipoterioz va boshqa endokrin kasalliklarni davolash maqsadida) ham jinsiy gormonlar faoliyatiga salbiy taʼsir oʻtkazadi.

Patogenezi

Progesteron yetishmovchiligi asosida ovulyatsiyadan keyin paydo boʻluvchi sariq tanadan ushbu gormon kam ajralishi yotadi. Normada bu gromon bachadon endometriy qavatini sekretor fazaga oʻtkazadi va embrion implantatsiyasiga tayyorlaydi. Homiladorlik roʻy berganda bu gormon taʼsirida bachadon devorlari harakati kamayadi va immun jarayonlarni susaytiradi. Progesteron yetishmovchiligida ushbu mexanizm buziladi va bachadonda embrion implatantatsiyasi qiyinlashadi.

Agar embrion bachadon devoriga yopishgan taqdirda ham bachadon devorlari harakatlanishi va immun tizimi kuchli taʼsir etishi natijasida homila tushish xavfi yuqori boʻladi. Keyinchalik progesteron gormoni kamayishi FSG hosil boʻlishini ham kamaytiradi, esterogen ajralishiga salbiy taʼsir etadi va ovulyatsiya jarayoni buzilishiga olib keladi. Natijada anovulyator hayz sikli rivojanadi.

Progesterone yetishmovchiligining bir necha molekulyar sabablari mavjud. Bunda FSG va lyutenlovchi (LG) gormonlari nisbati hujayraviy darajada buziladi. Yana bir nazariyaga koʻra bachadon endometriy qavatidagi gormonlarga sezuvchan retseptorlar faoliyati buzilishi va erkin radikallarning koʻpayishi ham progesteron gormoni miqdori kamayishiga sabab boʻladi.

Progestron yetishmovchiligi belgilari

Patologik holat avvaliga belgilarsiz kechadi, sekin-astalik bilan yaqqol namoyon boʻluvchi oʻzgarishlar namoyon boʻla boshlaydi. Eng asosiy belgilardan biri – hayz siklining buzilishidir, yaʼni hayz sikli uzoq muddat davom etishi yoki qisqarishi, hayz koʻrish vaqtida ogʻriq hissi va ajralmalar miqdorining oʻzgarishidir. Bu kabi belgi uzoq muddat saqlanib qolishi mumkin (oylar va yillar davomida).

Progesteron yetishmovchiligining keyingi belgilariga bepushtlik, homilador boʻlish qobiliyatining yoʻqolishi yoki homiladorlik roʻy berganda tabiiy ravishda homila tushishi kiradi. Homiladorlik roʻy berganda ham jarayon patologiyalar bilan kechadi – homila gipoksiyasi, homila ichi suyuqligi koʻpayishi yoki kamayishi, muddatidan erta tugʻruq.

Gormon yetishmovchiligiga yondosh belgilardan biri temir tanqisligi anemiyasi ham rivojlanishi mumkin. Bunga sabab esa hayz koʻrish vaqtida koʻp qon yoʻqotishdir. Bundan tashqari, bazal harorat ham oʻzgarishi – 0,4-0,5 gradusga farq qilishi ham kelib chiqadi. Organizmda suyuqlik koʻp ushlanib qolgani sababli tananing turli qismlarida shishlar paydo boʻlishi, teri holatining yomonlashuvi va qoʻzgʻaluvchan boʻlib qolishi ham kuzatiladi.

Asoratlari

Progesteron gormoni yetishmovchiligining asosiy va ogʻir asoratlaridan biri bepushtlik va homiladorlikni koʻtara olmaslikdir. Progesteron, follikulstimullovchi gormon va esterogen gromonlarining ajralib chiqishida nisbat buziladi. Buning oqibatida tuxumdonlar kistasi va anovulyator hayz sikli rivojlanadi.

Endometriy qavati trofikasi buzilishi va servikal kanal sekretsiyasining buzilishi ikkilamchi infeksion kasalliklar rivojlanishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, gormonlar nisbatining buzilishi sut bezlari patologiyalariga olib keladi, mastopatiya, homiladorlik vaqtida progesteron gormoni miqdori kamayishi galaktoreya bilan kechadi. uzoq vaqt davom etuvchi endokrin patologiyalar sut bezlari saratoni rivojlanishining bir sababidir.

Kasallik diagnostikasi

Progesteron gormoni yetishmovchiligini tashxislash uchun bir qator tekshiruvlardan oʻtish kerak boʻladi. Bu kabi tekshiruvlar uzoq muddat talab etadi va hayz siklning fazalariga qarab natijalar oʻzgarib turadi.

Ginekolog koʻruvi va tavsiyalari. Ginekolog-shifokor hayz siklining kechishi va reproduktiv aʼzolar holatiga eʼtibor qaratadi. Bemordan oxirgi marta koʻrgan hayz muddati va uning davomiyligi, hayz koʻrish vaqtida oʻziga xos boʻlgan oʻzgarishlar roʻy berganligi haqida maʼlumotlar oladi (ogʻriq, hayz suyuqligining hajmi oʻzgarishi). Shu kabi maʼlumotlarga asoslanib keyingi tekshiruv rejasi tuziladi.

Progesteron

Jinsiy gormonlar miqdorini aniqlash. Tekshiruv skrinning koʻrinishida oʻtkaziladi, bir necha oylar talab etadi, hayz siklining turli davrlarida oʻzgarishlar oʻrganiladi. Progesteron, esterogen, follikulstimullovchi va lyuteinlovchi gormon miqdori tekshiriladi.

Kichik chanoq aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi. Tekshiruvda tuxumdonlar, bachadon, bachadon endometriy qavati holati, tuzilishi, ayol yoshiga xosligi, follikula holatiga eʼtibor qaratiladi. UTT (UZI) tekshiruvi ham gormonlar analizi kabi hayz siklining turli fazalarida bir necha marotaba oʻtkaziladi.

Endometriy qavatidan biopsiya olish. Bepushtlik va homiladorlikning toʻxtashi roʻy bergan holatlarda bachadon endometriy qavatidan gistologik tekshiruv uchun biopsiya olinadi. Alohida holatlarda bachadon shilliq qavati toʻqimalarining gormonlarga sezuvchanligini tekshirish maqsadida biokimyoviy test ham oʻtkaziladi.

Ayrim holatlarda endokrin tizimidagi boshqa bezlar faoliyatini baholash maqsadida qonda qalqonsimon bez gormoni miqdori, buyraklar faoliyati va fermentativ tizim funksiyalari ham tekshiriladi. Qoʻshimcha ravishda jinsiy aʼzolar yalligʻlanish kasalliklari, homiladorlik roʻy bergan boʻlsa muddati va homilaning holati tekshiriladi.

Progesteron yetishmovchiligini davolash

Progesteron yetishmovchiligini bartaraf etishda – gormon oʻrnini bosuvchi preparatlar buyuriladi. Dori preparatlari tabletka, kapsula, qin shamchalari va statsionar sharoitda vena ichi yoki mushak ichi inyeksiyalari koʻrinishida buyuriladi. Davo muddati akusher-ginekolog yoki endokrinolog tomonidan belgilanadi, bunda ayol organizmining oʻziga xosligi individual tarzda inobatga olinadi, yaʼni homiladorlik avval roʻy berganmi yoʻqmi, hayz siklning davomiyligi, hayz koʻrish holati aniqlanadi. Davo muolajalari belgilangan maqsadga erishulgunga qadar davom etadi.

Patologik holatni bartaraf etishda qoʻshimcha sifatida umumiy gormonal oʻzgarishlarga olib keluvchi boshqa kasalliklarni ham davolash kerak boʻladi. Zararli odatlardan voz kechish, jismoniy zoʻriqish va kuchli diyetani bekor qilish talab etiladi. Emotsional holatni ragʻbatlash maqsadida antidepressant yoki sedativ prepratalar buyuriladi. Progesteron gormoni yetishmovchiligi asoratlaridan biri boʻlgan temir tanqisligi anemiyalari, endometrit, mastopatiyalarni ham bartaraf etish kerak. Alohida holatlarda, masalan tuxumdonlar poliksitozida jarrohlik amaliyoti ham oʻtkaziladi.

Progesteron yetishmovchiligi oqibatlari va profilaktikasi

Patologik holat oqibati ijobiy, hayot uchun xavf tugʻdirmaydi. Ayolning homilador boʻlish qobiliyati va farzand koʻrish ehtimoli patologik holatning davomiyligi, uning kechishida oʻziga xosliklariga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqdir. Toʻgʻri tanlangan dori preparatlar va ularning dozasini qabul qilgan ayol kishi 2-3 oy ichida homilador boʻlish imkoniyatiga ega boʻladi.

Kasallik profilaktikasiga hayz sikli muddatlarini bilib olish, jinsiy aʼzolar, siydik ayirish aʼzolari infeksion kasalliklarini bartaraf etish va progesteron yetishmovchiligining ilk belgilari namoyon boʻlishi bilan shifokorga murojaat etish kiradi.

 

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz

Loading...


🏠 » Homiladorlikni rejalashtirish » Ayol kasalliklari » Progesteron yetishmovchiligi – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari


Loading...

3 Replies to “Progesteron yetishmovchiligi – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari”

  1. Манда манимча шунакв боса кере, прогестерон етишмаса кере. Менструация факат дори ичсам келади домаса кемиди. Ёшим 27да турмушга чикканимга 5 йил болади якинда, лекин фарзанд кормадис халиям. Говдам хам жуда кичкина 44 киломан жудаям охгинман. Ким яхши архонрок гинеколог эндокринолог билса илтимос манга ёзил.

    1. Salom xuddi menda xam wunaqa kasalim kelmaydi umuman progestron ukolini olsam kelardi endi wungayam kelmayapti yowim 24da menga oxwaganlar xam bormikan xudoyim deb qoyardim nega bunaqa dard bergan bizga xudo zorga bitta farzandli boldim endi ikkinchisiga bolmayapti sz nima qildiz qanaqa dori ichasz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan