O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson xohish-istagiga bog’liq ham emas. Shuning uchun bolaning dunyoga kelishi mo’jizadir.

Shunday bo’lsa ham tug’ilajak farzandning o’g’il jinsida bo’lish ehtimolini oshiruvchi bir qator usullar bor, ular xalq tabobatida ham zamonaviy tibbiyotda ham o’z aksini topgan. Tug’ilajak farzand jinsi bir necha omillarga bog’​liq:

Yuqorida sanab o’tilgan omillarning birinchi 4 tasi haqida quyida batafsil maʼlumot beramiz. EKO usuli esa farzand jinsini belgilashning eng ishonarli usuli hisoblansada, bir qator kamchiliklari bor, masalan:

  • EKO usuli o’tkazish qimmat;
  • Ko’pincha bepushtlik diagnozi qo’yilganda o’tkaziladi;
  • Muolajadan oldin ayol kishi uzoq muddatli gormonterapiya qabul qiladi.

Bundan tashqari o’g’il farzand ko’rish uchun kuchli istak va psixologik kayfiyat ham katta ahamiyatga ega. Inson farzand ko’rishni rejalashtirishdan oldin ko’proq o’g’​il bolalar rasmini ko’rishi, hayolida o’g’il farzandli bo’lganini tasavvur etishi, ichida niyat qilishi tug’ilajak farzand o’g’il jinsida bo’lishini taʼminlashi mumkin.

O'g'il ko'rish

Ovulyatsiyaga asoslanib o’g’il farzand ko’rish usuli

Bu usul bilan tug’ilajak farzandning o’g’il bola bo’lishida, maktab darsliklarida o’qigan biologiyani eslaymiz, yaʼni ayol genotipi XX xromosomalardan, erkak genotipi esa XY xromosomalar bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda o’g’il bola bo’lishi uchun erkaklik xromosomasi, yaʼni Y xromosoma kerak bo’ladi.

Ayol kishi faqatgina X xromosomani o’zida saqlaydi, erkak kishi esa X va Y xromosomani. Farzandning jinsi erkak spermatozoidining qaysi biri tuxum hujayrani urug’lantirganligi bilan belgilanadi: X xromosomali spermatozoid yoki Y xromosomali spermatozoid.

Farzand o’g’il bo’lishi uchun Y xromosomali spermatozoid tuxum hujayrani urug’lantirishi kerak. Bunga erishish uchun quyidagi holatlarni eʼtiborga olish lozim:

  • Y xromosomali spermatozoid harakatlanish tezligi X xromosomali spermatozoid tezligidan ko’proq;
  • Y xromosomali spermatozoidlar X xromosomali spermatozoidlarga qaraganda kam yashovchan. X xromosoma saqlagan spermatozoid ko’proq muddat saqlanadi;
  • Spermatozoidlar kislotali muhitda nobud bo’ladi, ishqoriy muhitda esa ularning aktivlik darajasi ortib ketadi;

Tuxum hujayra urug’lanishga har oyda bir marta tayyor bo’ladi. Bu esa hayz siklining ovulyatsiya davriga to’g’ri kelib, 16-48 soat davom etadi (baʼzi hollarda bir oyda ikki marta ham ovulyatsiya kuzatilishi mumkin).

O'g'il ko'rish
Foto: Depositphotos.com

Yuqoridagi faktlarni inobatga olib, o’g’il farzand ko’rish uchun quyidagi chora tadbirlarni o’tkazish kerak:

Ovulyatsiya kunini maksimal darajada aniqlab, shu kunda qo’shilish kerak. Buning uchun maxsus test ham bor, masalan bazal haroratni o’lchash yoki UTT (UZI) tekshiruvi orqali ovulyatsiya kunini aniqlash. Sizdan talab qilinadigan narsa hayz siklining davrlarini aniqlashtirib olishdir;

Jinsiy aloqa ovulyatsiya kunida bo’lishi kerak. Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlar yashovchalik qobiliyati past bo’lgani uchun tuxum hujayra urug’lanishga tayyor bo’lishi kerak. Bunda Y xromosoma saqlovchi spermatozoidlarning harakatlanish tezligi yuqori bo’lganligi sababli tuxum hujayrani urug’lantirish ehtimoli yuqori bo’ladi;

Ovulyatsiya kunidan 2-3 kun oldin jinsiy aloqaga kirishish kerak emas. Chunki X xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli, qinga tushgan spermatozoidlar tuxum hujayrani kutib turadi;

Jinsiy aloqa vaqtida holatni ham inobatga olish lozim. Bunda holat “chuqur kirib borish” pozasida bo’lishi (erkak kishining orqa tarafdaligi) spermatozoidlarning tuxum hujayraga kirib borishini osonlashtiradi;

Ovulyatsiya vaqtigacha uzoq muddat jinsiy aloqadan saqlanmang. Chunki X xromosomalar yashovchan bo’lganligi sababli Y xromosomalar miqdori kamaygan bo’ladi;

Kislota-ishqoriy muhit balansini saqlang. Kislotali muhit kuchayib ketgan sohadan faqatgina yashovchan spermatozoidlar o’ta oladi, bu X xromosomalarning tuxum hujayraga yetib borish darajasi yuqori deganidir. Qinning pH muhitini aniqlashda ginekologlar yordam bera oladi va muhitda kislotalilik darajasi oshgan bo’lsa davo muolajalari o’tkazishi ham mumkin;

Shuni ham inobatga olish kerak, ovulyatsiya vaqtida pH ko’rsatkich spermatozoidlar uchun qulay sharoitda yaʼni ishqoriy muhitda bo’ladi.

O’g’il ko’rish uchun parhez

Bundan tashqari o’g’il farzand ko’rish istagida bo’lganlar ovqatlanish ratsionini ham o’zgartirishlari zarur. Bunda ishqoriy muhitni oshiruvchi mahsulotlar isteʼmolini ko’paytirish kerak, masalan:

  • Pista, bodom;
  • Quritilgan xurmo (finiki);
  • Shaftoli;
  • Limon;
  • Kabachki;
  • Qovoq;
  • Dukkakli mahsulotlar;
  • Shpinat.

Bola jinsini qo’shilish vaqtiga qarab belgilash

Albatta, barcha insonlar aniq bir kunda o’g’il farzand yoki qiz farzand ko’rish imkoni bo’lishini istagan bo’lar edilar. Ammo, bu obyektiv sabablarga ko’ra mavjud bo’la olmaydi: chunki ovulyatsiya muddatining o’zgarib turishi, qindagi pH muhit o’zgaruvchanligi, spermatozoidlarning yashovchanligi va harakatlanish tezligi farqlanishi kabi omillar mavjud. Shunday bo’lsa ham o’g’il farzand tug’ilish ehtimoli quyidagi hollarda oshishi mumkin:

  • Ovulyatsiya vaqtiga yaqin kunlarda qo’shilish, farzandning o’g’il jinsida bo’lishini taʼminlaydi;
  • Ovulyatsiya davridan boshqa paytlarda qo’shilish qiz farzand ko’rish ehtimolini oshirib yuboradi.

Hayz siklining ovulyatsiya davri, siklning 14 kuniga to’g’ri kelishini inobatga olib, juftingiz bilan qo’shilish va tug’iladigan farzandning o’g’il jinsida bo’lishi ehtimolini oshiruvchi kunlar 14, 13, 12 yoki 11 kunlardir.

Ovulyatsiya kunini aniqlash usullari haqida mana bu maqola orqali batafsil ma’lumot oling: Ovulyatsiya va homiladorlik (Ovulyatsiya haqida barcha zarur maʼlumotlar)

homila jinsini aniqlash

28 kun davom etadigan hayz sikliga ega ayollar uchun, tug’iladigan farzand jinsini ehtimoliy aniqlash maqsadida Budyanskiy usuli bor. Bu usulning mexanizmi: ayolning o’zi tug’ilishi uchun, uning ota onalari qaysi kunda qo’shilishgan, shuni bilib olib o’zingizda qo’shilish kuningizni belgilasangiz ham bo’ladi. Yaʼni hayz siklining ikki turi bor: toq va juft. Bo’​lajak ona farzandining jinsi anyan hayz siklining juft yoki toqligiga bog’liq.

  • Agar siz o’zingiz juft siklda (yaʼni onangiz juft siklda) tug’ilgan bo’lsangiz, sizdan tug’iladigan farzand: jinsiy aloqaning juft siklda bo’lsa – qiz, toq siklda – o’g’il bola tug’ilish ehtimoli bor;
  • Agar siz o’ziningiz toq siklda (yaʼni onangiz toq siklda) tug’ilgan bo’lsangiz, sizdan tug’iladigan farzand: jinsiy aloqaning juft siklida bo’lsa – o’g’il, toq siklda bo’lsa – qiz tug’ilish ehtimoli bor.

Bunday usulni qo’llash uchun quyidagilarni bilib olishingiz kerak:

  • Ayolning o’zi tug’ilgan siklini aniqlab olishi kerak. Buning uchun tug’ilgan sanangizdan 266 kunni ayirishingiz (38 hafta) kerak;
  • Jadval yordamida o’zingizni tekshirib oling.

Toq yil Hayz oylari Juft yil
Tip   Tip
Toq 1 yanvar – 28 yanvar Juft
Juft 29 yanvar – 25 fevral Toq
Toq 26 fevral – 25 mart Juft
Juft 26 mart – 22 aprel Toq
Toq 23 aprel – 20 may Juft
Juft 21 may – 17 iyun Toq
Toq 18 iyun – 15 iyul Juft
Juft 16 iyul – 12 avgust Toq
Toq 13 avgust – 9 sentyabr Juft
Juft 10 sentyabr – 7 oktyabr Toq
Toq 8 oktyabr – 4 noyabr Juft
Juft 5 noyabr – 2 dekabr Toq
Toq 3 dekabr – 31 dekabr Juft

Masalan, ayol kishining tug’ilgan sanasi 10-avgust 1987-yilda bo’lsa, uning o’zi dunyoga kelishi uchun qo’shilishgan vaqt 15.11.1986-yilga to’g’ri keladi (bu esa juft yil). Endi pastdagi jadvalga qaraymiz va bunda ayol juft yil ustuni ostidan 15-noyabrga to’g’ri keladigan siklni topamiz, demak ushbu ayol – “toq” tipiga kiradi. 

O’g’​il farzandni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, agar o’zingiz “toq” tipiga mansub bo’lsangiz – juft siklni toping, agar siz “juft” tipdagi ayol bo’lsangiz, unda “toq” siklni toping.

Bu usul ayolning o’zining tug’ilgan muddati o’ziga xos bo’lsa – muddatidan avval yoki kech tug’ilganda, hayz siklining cho’zilishi yoki kamayishida samarasiz bo’ladi.

O’g’il farzand ko’rish kalendari

Qadimgi Xitoy va Yapon xalqining farzand dunyoga kelishida, oyning kirishi va chiqishiga asoslanib, farzand jinsini belgilash uchun maʼlum bir kunlarni hisoblab chiqishgan. Albatta bularning barchasi ehtimoliy nazariyalardir.

Xitoy kalendari

Xitoyda tuzilgan taqvim bo’yicha nafaqat farzand jinsi, balki uning sog’lomlik darajasi ham belgilangan. Ular qayd etishicha farzand jinsi oy kuni va ayolning yoshiga bog’liq bo’lar ekan. Aynan shu kunlarda, erkaklarning X va Y xromosomalaridan birini tuxum hujayra “tanlash” imkoniyati yuqori bo’lar ekan. 

O’g’il farzand ko’rish uchun avvalambor ayol kishi, o’zining oy yoshini aniqlab olishi kerak. Bu esa oddiy sanalardan farq qiladi.

Sharq mamlakatlarida endigina dunyoga kelgan farzand bir yoshga kirgan hisoblanadi, chunki ona qornida ham bolaning o’sishi va rivojlanishi kechgan bo’ladi.

Usulning mexanizmi:

  • Ayol yoshi tug’ilgan kundan boshlab emas, uning ota-onasi qo’shilgan sanadan boshlab belgilanadi;
  • Ayolning yoshi uning tug’ilgan kunida emas, balki oy kalendari bo’yicha kelgan Xitoy yangi yilidan keyin 1 yoshga oshadi;

Masalan, 1987-yil avgust oyida tug’ilgan ayolning “oy yoshi”ni aniqlash:

  • Ota-onasining qo’shilgan sana: 1986-yil – 0 yosh;
  • Xitoy yangi yili 1987-yilda: 29-yanvar – 1 yoshu 1 oy;
  • Tug’ilgan oyi: 1987-yil avgustda – 1 yoshu 9 oy (yaxlitlaganda ayol 2 yoshda);
  • Xitoy yangi yili 1988-yilda: 17-fevral – 3 yosh;
  • Xitoy yangi yili 2016-yilda: 8-fevral – 31 yosh.

Shunday qilib ayolning 2016-yildagi passport bo’yicha yoshi 28 da, uning oy yoshi esa 31 da.

Ona
yoshi

Homiladorlik boshlangan oy

Yan

Fev

Mar

Apr

May

Iyun

Iyul

Avg

Sen

Okt

Noy

Dek

18

Q

Q

19

Q

Q

Q

Q

Q

Q

20

Q

Q

Q

21

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

22

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

23

Q

Q

Q

Q

24

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

25

Q

Q

Q

Q

26

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

27

Q

Q

Q

Q

Q

28

Q

Q

Q

Q

Q

Q

29

Q

Q

Q

Q

Q

Q

30

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

31

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

32

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

33

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

34

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

35

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

36

Q

Q

Q

Q

Q

Q

37

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

38

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

39

Q

Q

Q

Q

Q

Q

Q

40

Q

Q

Q

Q

Q

41

Q

Q

Q

Q

Q

Q

42

Q

Q

Q

Q

43

Q

Q

Q

Q

Q

Q

44

Q

Q

Q

Q

Q

Q

45

Q

Q

Q

Q

Q

Q

— oʻgʻil
Q — qiz

Yuqoridagi jadaval asosida siz uchun, o’g’il farzand ehtimoli yuqori bo’lgan “oy kunlari” 1, 3 va 12 oylardir. Bu yanvar (1), mart (3) va dekabr (12) oyalari degani emas, oy kalendari bo’yicha hisoblanganda 1, 3 va 12-oylar maʼnosida. Masalan, 2016-yilda Xitoy yangi yili 8-fevralda boshlangan bo’lsa, 1-oy fevral, 3-oy esa aprelga to’gri keladi, 12- oy esa yanvarga to’g’ri keladi.

Qaysi kunlarda o’g’il farzand ko’rish ehtimoli yuqori?

Qadimgi Xitoy tabobatida tug’ilajak farzandning jinsini o’g’il yoki qiz ekanligini belgilashning ehtimoliy yana bir usuli bor. Bunda ayol kishining yoshi – juft yoki toqligi inobatga olinadi.

Masalan:

  • 28 yoshli ayol – juft yoshda. U uchun o’g’il farzanda ko’rish imkoniyati, toq oylarda yuqori bo’ladi: 1, 3, 5, 7, 9 va 11.
  • 25 yoshli ayol – toq yoshda. U uchun o’g’il farzand ko’rish imkoniyati juft oylarda yuqori bo’ladi: 2, 4, 6, 8, 10 va 12.

Farzand jinsini aniqlash uchun yapon jadvali

Yana bir qadim sharqiy mamlakat Yaponiya ham o’zining farzand ko’rish kalendari bilan mashxur. Yaponlarning boshqa mamlakatlardan farqi, ular tug’ilajak farzandning qanday jinsda bo’lishida otaning ham o’rnini muhim hisoblashadi. Bunda ota-onaning tug’ilgan sanasiga asoslanib, o’g’il yoki qiz farzand ko’rish uchun eng qulay bo’lgan vaqt belgilanadi, yaʼni X va Y xromosomaning eng aktiv davrlarini hisobga olib.

O’g’il farzand ko’rish uchun:

I.

  • Quyidagi jadvaldan ayolning tug’ilgan oyini tanlang;
  • Keyin erkakning tug’ilgan oyini tanlang;
  • To’g’ri chiziqlar kesishmasida (gorizontal va vertikal) mos keluvchi raqamni toping;
  • Ushbu raqamni eslab qoling
  • Masalan, ayol kishi avgust oyida tug’ilgan, erkak kishi esa sentabrda. Jadval bo’yicha bunday holatga to’g’ri keladigan son 12.
Onaning tugʻilgan oyi Otaning tugʻilgan oyi
yan fev mar apr may iyun iyul avg sen okt noy dek
yan 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
fev 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
mar 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
apr 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
may 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
iyun 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
iyul 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
avg 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12
sen 1 5 9 1 5 9 1 5 9 1 5 9
okt 10 2 6 10 2 6 10 2 6 10 2 6
noy 7 11 3 7 11 3 7 11 3 7 11 3
dek 4 8 12 4 8 12 4 8 12 4 8 12

II.

Endi ikkinchi jadvalga o’tamiz:

  • Birinchi jadvalda mos kelgan raqamni ikkinchi jadvaldagi ustunlardan qidirib topamiz.
  • Keyin vertikal ravishda mos keluvchi oylar misolida ko’rib chiqamiz.​
  • Masalan, yuqoridagi holatda (12) o’g’il farzand ko’rish uchun imkoniyati yuqori bo’lgan oylar – mart oyi (X.lar soni o’g’il bola tarafda juda ko’p), biroz kam imkoniyat – iyulda, sentyabr-oktyabr oylarida ham o’g’il farzand ko’rish ehtimoli ham bor.
homila jinsini aniqlash

Qon yangilanishi bo’yicha o’g’​il farzand ko’rishni aniqlash

Farzand jinsini ehtimoliy belgilashning yana bir usuli, organizmda qonning butunlay yangilanish muddatidan kelib chiqib, qo’shilishdir. Inson organizmida qon: erkaklarda – har 4 yilda, ayollarda – har 3 yilda butunlay yangilanib turadi.

O’g’il farzand ko’rish uchun ota qoni, ona qonidan kechroq yangilangan bo’lishi kerak. Quyidagi jadvalda inson balog’at yoshidan boshlab yangi qon qachon hosil bo’lishi ko’rsatilgan. Jadval yordamida sizda va juftingizda oxirgi marta qachon qon yangilanganligini bilib olishingiz mumkin.

Misol uchun, ushbu holatda ayol kishi 26 yoshga kirgan, erkak kishi esa 30 yoshda.

Jadvaldan yoshga yaqin bo’lgan sonni topamiz. Bunda ayol uchun 24, erkak uchun esa 28 yosh to’g’ri keladi.

Hozirgi yosh va qon yangilangan yosh farqini topamiz. Misol uchun, 26-24=2 ayol kishi uchun, 30-28=2 erkak kishi uchun, demak har ikki jins vakillarida ham qoni 2 yil oldin yangilangan.

Qaysi jins vakillarida farq kam bo’lsa, tug’ilajak farzand jinsi ham shunday bo’lish ehtimoli bor. Agar yuqoridagi holat kabi farqlar teng bo’lib qolsa, unda aniq oylar ham rol o’ynaydi.

Misol uchun, ayol kishi hozir 26 yosh va 3 oy, erkak kishi esa 30 yosh va 11 oy. Ko’rinib turibdiki ayol kishining qoni kechroq yangilangan (2 yil 3 oy oldin), erkak kishi qoni esa ertaroq (2 yil 11 oy). Demak farzand jinsi – qiz bo’lish ehtimoli yuqoriroq.

Quyida qon yangilanishi bo’yicha farzand jinsini aniqlashni osonlashtirish uchun soddalashtirilgan holatda jadval taqdim etamiz.

  • Bu jadvaldan ayolning yoshini tanlang;
  • Keyin erkakning yoshini tanlang;
  • Va to’g’ri chiziqlar kesishmasida (gorizontal va vertikal) mos keluvchi jinsni aniqlang. ( M (o’g’il) / Д (qiz) )
homila jinsini aniqlash

Agar o’g’il ko’rish istagida bo’lsangiz, yuqoridagi kabi sizning qoningiz yangi bo’lsa, eringizning keyingi qon yangilanish siklini kuting.

Misol uchun: yuqoridagi holatda o’g’il farzand ko’rish imkoniyatini oshirish uchun, 2 yil kutish kerak bo’ladi. Bunda erkak kishi 32 ga kiradi va qoni yangilanadi.

Bu usuldan foydalanayotganda bir qator holatlarga eʼtibor qaratish zarur:

  • Agar qon yo’qotishlar, operatsiyalar, tug’ruqlar, homila tashlash holatlari kuzatilgan bo’lsa, hisoblashni shu vaqtdan boshlash kerak;
  • Agar ayol rezus manfiy qon guruhiga mansub bo’lsa, bunday holatda farzand jinsi qon yangilanishi vaqtliroq kuzatilgan jins vakiliniki kabi bo’lish ehtimoli yuqori (yaʼni yuqoridagining teskarisi);
  • Agar qon yangilanish vaqti ikkala jins vakillarida ham bir xil chiqsa, egizaklar tug’ilish ehtimoli bor.

Bu usulning hech qanday ilmiy jihatdan isbotlangan holatlari yo’q, lekin usuldan foydalangan ayrim juftliklar uning samarasi haqida ijobiy fikr bildirishgan.

Qon guruhi va rezus-omil

Quyidagi usul ota-onaning qon guruhi va rezus omiliga asoslanadi. Bunda jadvalning kesishmasida olingan natija juftliklarda qay bir jinsdagi farzand dunyoga kelishi ehtimoli ko’proq bo’lishini aks ettiradi.

Ota-onalarnig o’g’il yoki qiz farzandli homiladorlikka erishishlarining imkoniyati 50/50 hisoblanadi.

Qon guruhi Otaning
Onaning I II III IV
I Qiz Oʻgʻil Qiz Oʻgʻil
II Oʻgʻil Qiz Oʻgʻil Qiz
III Qiz Oʻgʻil Oʻgʻil Oʻgʻil
IV Oʻgʻil Qiz Oʻgʻil Oʻgʻil

Rezus-omil Otaning
Onaning +
Qiz Oʻgʻil
+ Oʻgʻil Qiz

O’g’il ko’rish kalkulyatori

Internet olamidan bir necha onlayn kalkulyatorlar topsa bo’ladi, ularga tug’ilgan kuningiz, qon guruhingiz, hayz siklining muddati va shunga o’xshash maʼlumotlar kiritsangiz, ular sizga o’g’il farzand ko’rish imkoniyati qachon yuqori bo’lishini taxmin qilib berishadi.

Shunday bo’lsa ham bu kalkulyatorlarda hech qanday yangi mexanizm yo’q, ularning barchasi yuqorida sanab o’tilgan usullarning algoritmi xolos.

Yuqorida sanab o’tilgan usullardan tashqari, xalq tomonidan o’ylab topilgan ayrim maʼlumotlar ham o’g’il farzand tug’ilish ehtimolini oshirishi mumkin:

  • Osmonda yangi oy chiqqan bo’lishi;
  • Agar jinsiy aloqa dushanba, seshanba, payshanba yoki shanba kunlari bajarilsa yaxshiroq bo’ladi;
  • Ayol kishi boshi shimol tarafda bo’lishi;
  • Erkak kishi aktivroq bo’lishi;
  • Qo’shilishdan oldin go’sht, kartoshka, qo’ziqorin, quritilgan xurmo, hamda kaliyga boy mahsulotlar isteʼmol qilish, sut mahsulotlaridan esa cheklanish zarur.

Yodda tuting, farzandning qiz yoki o’g’il bo’lishi to’​laqonli inson xohishiga bog’liq emas, shunchaki berilgan farzand kabi neʼmatdan quvonish va uning qadriga yetish kerak. Agar juda ham istayotgan bo’lsangiz yana bir bor urinib ko’ring. Salomat bo’ling!

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz

Loading...


🏠 » Homiladorlikni rejalashtirish » O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari


Loading...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan