Homiladorlikda qon ketishi – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Homiladorlikda qon ketishi – homilador ayol organizmida homiladorlik muddatidan qatʼiy nazar roʻy berishi mumkin boʻlgan patologik holat. Tabiiy abort, bachadondan tashqari homiladorlik, rezus omil toʻgʻri kelmasligi va boshqa holatlarda yuzaga chiqadi. Bu holat homilador ayol organizmida ijobiy kechishi yoki qorinning pastki sohasida, belda, chanoqda ogʻriq bilan namoyon boʻlishi mumkin. Homiladorlik vaqtida qon ketishini tashxislashda ginekologik koʻruv, homilador ayol va homila UTT (UZI) tekshiruvi oʻtkaziladi. Bu patologik holat davosi kasallik sababini aniqlanadi va faqatgina mutaxassis shifokor tomonidan amalga oshiriladi.

homiladorlikda qon ketishi

Homiladorlik vaqtida qon ketishi – akusherlik belgi boʻlib, ayol organizmida urugʻlangandan soʻng fiziologik jarayon sifatida yoki boshqa jiddiy oʻzgarishlar natijasida kelib chiqadigan holat. Bu holat sababini faqatgina ginekolog-akusherlar kerakli tekshiruvlarni oʻtkazib aniqlay oladilar. Homiladorlik vaqtida qon ketishlari taxminan har 5 homilador ayolning 1 tasida kuzatiladi. 50 % holatlarda bu holat patologik boʻlib, tabiiy abort bilan yakunlanadi. Qolgan holatlarda esa bu jarayon fiziologik xarakterga ega boʻladi. Qon ketishlar asosan birinchi va uchinchi uch oylikda roʻy beradi.

Homiladorlik vaqtida qon ketishlarining xavfli jihati shundaki bunday holatni turli xil omillar keltirib chiqarishi mumkin va ular ayol hamda homila hayoti uchun xavfli boʻlishi mumkin. Homiladorlik vaqtida har qanday qon ketishlar zudlik bilan shifokor koʻrigidan oʻtish uchun koʻrsatma boʻladi. Bunday vaziyatlarda faqatgina shifokor davo choralarini qoʻllay oladi. Oʻz vaqtida koʻrsatilgan tibbiy muolajalar yordamida hatto anomaliya bilan kechayotgan homiladorlikni ham va bolaning rivojlanishini ham saqlab qolishga erishiladi.

Homiladorlikda qon ketish sabablari

Homiladorlik vaqtida qon ketishlar homiladorlikning har qanday muddatlarida, fiziologik va boshqa patologik holatlar oqibatida ham yuz berishi mumkin.Homiladorlikning ilk davrlarida deyarli barcha ayollarda qon ketishlari kuzatilishi mumkin, bunga sabab urugʻlangan tuxum hujayraning bachadon devoriga yopishishidir. Odatda bu holatni ayollar hayz sikli boshlanishi bilan adashtirib qoʻyadilar va bu esa keyinchalik homiladorlik muddatini aniqlashda qiyinchiliklar tugʻdiradi. Bu kabi simptom embriogenezning ilk davrlarida progesteron gormoni yetishmovchiligi natijasida ham rivojlanadi.

O‘QING:  Homiladorlikda buyrak og‘​rishi

Homiladorlikning birinchi uch oyligida patologik qon ketishlarining asosiy sababi – tabiiy abortdir. Bu belgi homila koʻchishining boshlanishi yoki toʻliq koʻchib boʻlganligidan dalolat beradi. Tuxum hujayra urugʻlangandan soʻng 6 hafta ichida qon ketish kuzatiladigan boʻlsa, bunga sabab bachadondan tashqari homiladorlik boʻladi.

Bundan tashqari, bu muddatda qon ketishlar rezus omilning mos kelmasligi natijasida va homilaning nobud boʻlishida ham kuzatiladi. Shunga oʻxshash holat bachadonni oziqlantiruvchi vena qon tomirlarining varikoz kengayishi oqibatida yuzaga chiqadi, bunday holatda toʻqimalarda qon oqimi koʻpayadi.

Homiladorlikning ikkinchi uch oyligida qon ketish kamdan-kam holatlarda uchraydi, deyarli 5-10 % koʻrsatkichda. Odatda bu davrda qon ketishlar patologik xarakterga ega boʻladi va tabiiy homila tushishi yoki istmikoservikal yetishmovchilik natijasida kelib chiqadi.

Baʼzida homilaning bachadon ichida nobud boʻlishi tufayli ham qon kelishi mumkin. Homiladorlikning uchinchi  uch oyligida qon ketishi ham patologik holat natijasida roʻy beradi. Bunga sabab platsentaning koʻchishidir, homilaning aʼzosi toʻliq yoki qisman bachadon boʻynini yopib qoʻyadi, bachadonning pastki qismiga tushgan bosim taʼsirida mikrojarohat roʻy beradi, platsenta koʻchadi va qon ketishiga sabab boʻladi.

Bunday holat homila hayoti uchun jiddiy xavf tugʻdiradi, bunda avvaliga ichki qon ketish roʻy beradi yoki gematomalar shakllanadi, shundan soʻng qon tashqi muhitga chiqadi. Homiladorlik vaqtida qon ketishining eng jiddiy sabablaridan biri bachadon devorining yorilishidir.

Bachadon devorining yorilishi esa bachadon miometriy qavatida chandiq boʻlishi, homila ichi suyuqligi koʻpayishi, homilaning kattaligi yoki soni koʻp boʻlgan homila natijasida roʻy beradi. Kam hollarda homilani oʻrab turgan tashqi qobiqlar va kindik tizimchasidan oʻtuvchi qon tomirlar yorilishi ham homiladorlik vaqtida qon ketishlarga sabab boʻladi.

Homiladorlikning har qanday muddatida qon ketish kuzatilishi mumkin ekanligini qayd etib oʻtdik, buday holatlarga koʻpincha bachadon miomasiservikal kanal va bachadon boʻshligʻi polipozi sabab boʻladi. Bundan tashqari, bachadon boʻyni eroziyasi bor boʻlgan ayollarda ham homiladorlik vaqtida qon ketish xavfi juda yuqori. Baʼzida kichik chanoq boʻshligʻida qon aylanishining koʻpayishi ham ushbu patologik holat kelib chiqishi mumkin. Qon ketish xavfini oshiruvchi omillarga tartibsiz va qoʻpol jinsiy aloqa, kuchli jismoniy zoʻriqish, yurak qon-tomir kasalliklari natijasida endoteliyning zaiflashuvi ham kiradi.

O‘QING:  Homiladorlikda oshqozon og‘rishi - sabablari, belgilari, davolash va oldini olish choralari

Homiladorlikda qon ketishi belgilari

Qon ketishini kelib chiqish sababiga koʻra ikki guruhga boʻlish mumkin:

Homiladorlik vaqtida kuzatiladigan fiziologik qon ketish – organizmning homiladorlik vaqtida qayta qurilishi natijasida roʻy beradi, homila va ayol organizmi uchun xavfli emas.

Homiladorlikda kuzatiladigan patologik qon ketish – homiladorlikning patologiyalar bilan kechayotganligidan darak beradi, homila va ayol hayoti uchun xavf tugʻdiradi, zudlik bilan tez tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur.

Qon ketish belgilari ushbu patologik holatning sababiga bogʻliq boʻladi. Homiladorlikning erta davrlarida jinsiy aʼzolardan keladigan koʻp hajmli boʻlmagan qon fiziologik jarayondir, bu holatning oqibati ijobiy. Polip, eroziyalar, mioma natijasida qon ketishi ayol umumiy ahvolida hech qanday oʻzgarishlarsiz kechishi mumkin. Bunda bir necha tomchi qon ketadi va qisqa muddat davom etadi. Hayz suyuqligi kabi koʻp hajmli qon ketishi esa progesteron gormoni yetishmovchiligi tufayli yuzaga chiqadi.

Homila tushish xavfi yuqori boʻlgan qon ketishlarda ayol oʻzida doimiy siquvchi ogʻriqlarni bel, qorinning pastki sohasi va chanoq sohasida his qiladi. Bundan tashqari, koʻngil aynishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, tana haroratining biroz koʻtarilishi ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda qon hajmi turli xil boʻlishi mumkin, qonli ajralmalar tarkibida toʻqima parchalari ham boʻladi. Bachadondan tashqari homiladorlik va bachadon devorlarining yorilishi ayol hayoti uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Bunda kuchli, kesuvchi ogʻriq qorinda va chanoq sohasida paydo boʻladi, ogʻriq anal sohasiga ham tarqaladi, natijada shok holati rivojlanishi va bu esa oʻlim bilan yakunlanishi ham mumkin.

Homiladorlikning soʻngi uch oyligida qon ketish yoʻldoshning vaqtidan oldini koʻchishi natijasida kelib chiqadi, bunda qorinda ogʻriq va umumiy holsizlik kuzatiladi. Kardiomonitoring oʻtkazilganda homila yurak qisqarishlari buzilgan va homila harakati ham chegaralangan boʻladi.

Homiladorlikda qon ketish diagnostikasi

Qon ketish sababini aniqlash uchun ginekologik tekshiruvlar kerak boʻladi. Fiziologik qon ketishlarda deyarli hech qanday shubhali belgi aniqlanmaydi. Patologik qon ketishlar va homila tushish xavfi boʻlganda bachadon boʻyni ochiq ekanligi aniqlanadi. Bachadon miometriy qavati tonusining oshishi yoʻldosh muddatidan oldin koʻchayotganligidan darak berishi mumkin. Laborator tekshiruvlarda qondagi XGCH gormoni miqdorini aniqlash oʻtkaziladi. Bachadondan tashqari homiladorlikda ushbu gormon miqdori past boʻladi. Instrumental tekshiruvlarda eng koʻp maʼlumot beradigan usul UTT (UZI) tekshiruvi hisoblanadi. Tekshiruv yordamida miometriy va embrion holati, qon tomirlarda qon oqimi, homilaning joylashuvi va yoʻldoshning koʻchishini aniqlash mumkin.

O‘QING:  Homiladorlikda bosh ogʻrishi - sabablari va davolash yoʻllari

Homiladorlik vaqtida qon ketishini davolash

Homiladorlik vaqtida qon ketishini davolash uning kelib chiqish sababiga bogʻliq holda olib boriladi. Agar patologik oʻzgarish topilmasa yoki polipdan qon ketayotgan boʻlsa, tibbiy yordam koʻrsatilishi shart emas, kam holatlarda shifokor poliplarni olib tashlash amaliyotini bajarishi mumkin. Bachadon devori eroziyalari esa tugʻruqdan keyin bartaraf etiladi. Homila tushish xavfi bilan namoyon boʻluvchi qon ketishlarda zudlik bilan tibbiy muassasada medikomentoz davo choralari oʻtkazilishi lozim. Bachadon tonusini kamaytirish uchun sedativ vositalardan foydalaniladi. Homilador ayol doimo shifokor nazorati ostida boʻlishi talab etiladi. Bachadondan tashqari homiladorlik roʻy beradigan boʻlsa yoki bachadon devorlari yorilish ehtimoli yuqori boʻlsa, jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi. Operatsiyadan keyin antibakterial terapiya ham buyuriladi. Yoʻldoshning erta koʻchishida esa shoshilinch jarrohlik amaliyoti – kesarcha kesish operatsiyasi oʻtkaziladi.

Homiladorlikda qon ketishi oqibatlari va profilaktikasi

Homiladorlik vaqtida qon ketish odatda ijobiy kechadi. Oʻz vaqtida koʻrsatilgan tibbiy yordam homila va homilador ayol hayotini saqlab qolishga sabab boʻladi. Oʻlim holati kam qayd etiladi. Homiladorlik vaqtida qon ketishini oldini olish uchun homiladorlikni rejalashtirishdan avval bachadon yaxshi sifatli oʻsmalari – miomapoliplarni davolash kerak. Homilador boʻlganligiga ishonch hosil qilgan ayol shifokor nazoratidan oʻtib turishi va maslahatlariga rioya etishi lozim. Bundan tashqari, homiladorlik vaqtida qon ketishiga olib keluvchi omillar – tartibsiz, qoʻpol jinsiy aloqa, jismoniy zoʻriqish va stress kabi holatlardan qochishga harakat qilish zarur.

Ushbu maqolalarni ham oʻqing:

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz

Loading...


🏠 » Homiladorlik » Homiladorlik muammolari » Homiladorlikda qon ketishi – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari


Loading...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan