Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya

Homiladorlik kasallik hisoblanmasligini hamma biladi. Shunga qaramay homiladorlik vaqtida har qanday ayol o’z tanasining  qaysidir sohasida og’riq yoki diskomfort holatlariga shikoyat qiladi. Ko’pincha og’riq va shunga o’xshash holatlar xavfsiz bo’ladi. Ammo, bu bilan ayol kishi hech qanday chora ko’rmasa ham bo’ladi degan fikrga kelish noto’g’ri albatta. Ba’zida ayollar homiladorlikda kindik og’rishi paydo bo’lishiga shikoyat qiladilar. Xo’sh, bu nimadan darak beradi?

Homiladorlikda kindik og’rishi

Kindik sohasida og’riq kelib chiqishining sababi turli tuman, gohida bu holat tabiiy gohida esa patologiya sababli bo’lishi mumkin. Kindik sohasida og’riq kelib chiqishi homiladorlik vaqtida bo’ladiga no’zgarishlar yoki kasallik natijasida ham kelib chiqadi. Kasallik natijasida og’riq kelib chiqadigan bo’lsa qo’shimcha simptomlar ham yuzaga chiqadi.

Homiladorlikda kindik og’rishi sabablari

Kindik sohasdia og’riq kelib chiqishining eng ko’p uchraydigan sababi homilaning o’sishi va kattalashishidir, bunday holat homiladorlikning ikkinchi yarmida kuzatiladi. Qorin terisi va mushaklar tortiladi va diskomfort holati kelib chiqadi. Ammo, bu holat xavfsizdir.

Homiladorlikda kindikda og’riq kelib chiqishining yana bir sababi – kindik boylami tolalarining tortilishi hamda qorin mushaklarining kuchsiz rivojlanganligidir. Homiladorlikning so’ngi muddatlarida kindikning teri yuzasidan biroz tashqariga bo’rtib turishi kelib chiqadi. Buning sababu homialdor ayol bachadon o’lchamining kattalashishidir. Bu ham mutlaqo xavfsiz holat hisoblanadi va bola dunyoga kelganidan so’ng o’z o’zidan ona qorni terisi avvalgi holatiga qaytadi.

Kindik sohasida homiladorlik vaqtida og’riqlar har doim ham xavfsiz hisoblanmaydi. Ba’zida ayrim kasalliklar natijasida og’riq yuzaga kelishi mumkin, ular quyidagilar:

  • Ichak infeksiyalari;
  • Kindik churrasi;
  • Appenditsit;
  • Oshqozon, oshqozon osti bezi yoki jigardagi kasalliklar;
  • Sistit va boshqa siydik yo’llari kasalliklari;
  • Ginekologik muammolar.
O‘QING:  Homiladorlikda toksoplazmoz - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Kindik sohasida qattiqlashgan hosila paydo bo’lishi, ko’ngil aynishi, qayt qilish, ich qotishi, qorin dam bo’lishi va shu sohasda pulsatsiya sezilishi kindik churrasida kuzatiladigan belgilarga kiradi. Buni aniqlash oson: shu soha qo’l bilan ushlab ko’rilsa juda kuchli og’riq kelib chiqadi.

Kindikdagi siquvchi og’riqlar, ich ketish, ko’ngil aynishi, qayt qilish va tana haroratining ko’tarilishi kabi belgilarning yuzaga chiqishi ichak infeksiyalarida kuzatiladi. Bunday vaziyatda zudlik bilan shifokorga murojaat etish zarur. Aks holda ich ketishi natiajsida ichaklar va bachadon devori mushakalari qo’zg’aladi va homila tushish ehtimoli ortishi yoki muddatidan avval tug’ruq ro’y berishi mumkin.

O’tkir appenditsit homiladorlik vaqtida juda kam holatlarda qayd etiladi. Shunday bo’lsa ham ushbu patologik vaziyatni esdan chiqarmaslik kerak. Kindik sohasida og’riq bo’lishi, og’riqning o’ng tomonda boshlanishi, tana haroratining ko’tarilishi, ko’ngil aynishi va qayt qilish – bular appenditsitga xos bo’lgan klassik belgilardir. Homiladorlik vaqtida simptomlar odatdagidek kechmasligi mumkin. Shu sababli kindik sohasida paydo bo’ladigan og’riq haqida shifokorga aytish zarur.

O’qing: Appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi

Kindikdan yuqoriroqda og’riq paydo bo’lishi gastroduodenit, oshqozon osti bezidagi muammolar sababli kelib chiqishi mumkin. Surunkali kasalliklar homiladorlik vaqtida xuruj qilishga moyil bo’ladi, chunki oshqozon ichak tizimi funksiyasida o’zgarishlar ro’y beradi.

Kindikdan pastroqda og’riq paydo bo’lishi, peshob ajralishining ko’payishi, peshob ajratayotgan vaqtda achishish hissi – sistit va boshqa urologik kasalliklardan darak beradi.

Kindik sohasida og’riq, belda kuchli og’riq va qorinning pastki sohasida paydo bo’ladigan og’riqlar, bachadon tonusining oshishi homila tushishidan darak beradi. Bunday holatda zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish lozim.

Kindik og’riqlarining o’ziga xosligi

Kindik sohasida og’riq va diskomfort hissi homiladorlikning har qanday davrida yuzaga kelishi mumkin. Ammo, homiladorlikning muddatiga qarab og’riq kelib chiqishining o’ziga xosligi mavjud.

O‘QING:  Homiladorlikda OʻRVI ( shamollash ) - sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Homiladorlikning erta muddatlarida kindik sohasida og’riq bo’lishi

Homiladorlikning erta muddatlarida kindik sohasida og’riq bormi? Agar og’riq simillovchi, kuchsiz, vaqti-vaqti bilan paydo bo’luvchi, doimiy emas va kuchli diskomfort hissini chaqirmasa – bunga sabab ichqotishi va ichaklarda gaz to’planishidir va bu holat homiladorlikning ushbu muddatiga xos.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida og’riqqa sabab bo’luvchi patologik holatlar:

  • Churraning siqilishi;
  • Appenditsit;
  • Ichak infeksiyalari;
  • Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari huruji;
  • Jinsiy va siydik ajratish tizimi a’zolari kasalliklari.

Bunday holatlarda og’riq kuchli va doimiy bo’ladi, kasalliklarga mos ravishda qo’shimcha belgilar ham yuzaga chiqadi.

Homiladorlikning kechki muddatlarida kindik sohasida og’riq bo’lishi

Homilaning kattalashishi natijasida homilador ayol qorin sohasi terisi va mushaklari tortiladi. Shu sababli ko’pchilik homilador ayollarda homiladorlikning kech muddatlarida kindik sohasida og’riq hissi kelib chiqadi.

Homilador ayollarning so’ziga ko’ra og’riq kindik sohasida ichkaridan paydo bo’ladi va igna bilan sanchilgandagi hisni uyg’otadi. Bu kabi holatlar qorin mushaklari kuchsiz rivojlangan ayollarda yaqqol namoyon bo’ladi, ilk marotaba homilador bo’lgan ayollarda og’riq kuchliroq yuzaga chiqadi.

Homiladorlikda kindik og’rishi qachon norma?

Shifokorlar homiladorlikning erta muddatlarida kindik sohasida kelib chiqadigan og’riqlarni normal holat deb hisoblamaydilar. Normal holat deb homiladorlikning ikkinchi uchoyligidan aytish mumkin. Shu sababli birinchi uchoylikda paydo bo’ladigan og’riqlar shifokorga murojaat etish uchun asos bo’la oladi.

Homiladorlikning tahminan 20-haftasidan boshlab kindik sohasida og’riq ko’pgina homiladorlarda yuzaga keladi. Agar ayol umumiy ahvolida o’zgarishlar kuzatilamasa bunday vaziyatda xavotirlanishga hojat yo’q.

Shifokorga qachon murojaat etish lozim?

Shifokorlar zudlik bilan murojaat etish kerak bo’ladigan holatlar quyidagilar:

  • Kindik sohasidagi og’riq ichkaridan paydo bo’lsa va bunga qo’shimcha ravishda qorinning o’ng sohasida kuchli og’riq paydo bo’lsa;
  • Harakatlangan vaqtda og’riq kuchaysa;
  • Yurak urishi tezlashsa va tana harorati ko’tarilsa;
  • Bosh aylanishi va hushdan ketish holati kuzatilsa;
  • Boshda kuchli og’riq paydo bo’lsa, ko’z oldi qoralashsa, umumiy holsizlik kuzatilsa;
  • Ko’ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi kabi belgilar namoyon bo’lsa;
  • Qindan turli xil ajralmalar kelishi ko’paysa.
O‘QING:  Homiladorlikda allergiya - belgilari, rivojlanishi, homilaga ta’siri, davosi va profilaktikasi

Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

Shifokor maslahatlarisiz davo choralarini qo’llash mumkin emas. Shu sababli homiladorlik vaqtida kindik sohasida og’riq kelib chiqsa shifokor nazoratiga qadar tinchlanib olish zarur, hech qachon og’riq paydo bo’lgan sohani isitmang. Og’riq qoldiruvchi preparatlar, ich yumshatuvchi dorilar qabul qilish va huqna (klizma) qilish mumkin emas. O’zingizda bo’layotgan o’zgarishlarga e’tibor bering va ular haqida shifokorga batafsil aytib bering.

Agar og’riq jiddiy kasallik sababli kelib chiqmasa, holatni bartaraf etish uchun homiladorlar uchun maxsus mashqlar, homilador uchun bandaj taqib yurish tavsiya etiladi. Bundan tashqari yonbosh bilan yotgan holda uxlash, suzish, toza havoda sayr qilish ham og’riq hissini kamayishiga sabab bo’ladi.

Homiladorlikda kindik og’rishi profilaktikasi

Homiladorlik muddati uzayib borgach kindik churralari hosil bo’lish ehtimoli oshadi. Shu sababli homiladorlar uchun maxsus bandaj taqib yurishni homiladorlikning erta muddatlaridanoq boshlash kerak. Bandaj nafaqat kindik sohasidagi og’riqlar paydo bo’lishini oldini oladi, bundan tashqari bel sohasidagi og’riqlar kelib chiqmasligini ta’minlaydi va homila tushish ehtimolini kamaytiradi.

Homiladorlikni rejalashtirish – eng yaxshi profilaktikalardan biri hisoblanadi. Ya’ni reja asosida homiladorlikni amalga oshirish, ayolning to’liq tekshiruvlardan o’tishi va mavjud bo’lgan kasalliklarni davolash, shundan so’ng esa homiladorlikni amalga oshirishga imkon yaratadi.

Agar kindik sohasida og’riq paydo bo’lsa, ammo homilador ayol umumiy ahvoli o’zgarmasa xavotirga o’rin yo’q. Shunchaki to’g’ri ovqatlanish, homiladorlar uchun maxsus gimnastikalar bajarish va toza havoda ko’proq sayr qilishi vaziyatni bartaraf etishga yordam ebradi.

Agar og’riq hissi bilan birgalikda qo’shimcha belgilar ham yuzaga chiqsa, ayol umumiy ahvoli yomonlashsa zudlik bilan shifokorga murojaat etish lozim.

O’z vaqtida shifokorga murojaat etish va o’z vaqtida patologik holatni bartaraf etish homila va ona hayotiga jiddiy xavf tug’ilish ehtimolini kamaytiradi.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz

Loading...


🏠 » Homiladorlik » Homiladorlik muammolari » Homiladorlikda kindik og’rishi: norma yoki patologiya


Loading...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan