Follikula – turlari, oʻlchami, miqdori, yetilishi va yetilmasligi
Ayol organizmi moʻjizaviy tuzilgan boʻlib, uning farzand dunyoga keltirishi juda kichik boʻlgan, tuxum hujayra yetiluvchi follikulalar miqdori va sifatiga bogʻliqdir. Boʻlajak onalar oʻz organizmlarida qanday reproduktiv jarayonlar kechishini va ularda oʻzgarishlar kuzatilsa shifokorga murojaat etish kerakligini yaxshi bilib olishlari zarur. Shu sababli quyida follikula haqida suhbatlashamiz.

Mundarija
- Follikula nima?
- Dominant follikula nima?
- Primordial follikula
- Antral follikula
- Preovulyator follikula nima?
- Tuxumdonda follikula yetilmasligi
- Tuxumdonlarda follikulalarning normasi
- Farzand koʻrish uchun qancha follikula boʻlishi lozim?
- Follikula yetilishi
- Hayz sikli davomida follikulaning oʻlchami
- Tuxumdonlarda follikulalar koʻp boʻlishi – bu nimani anglatadi ?
- Tuxumdonlarda follikulalar soni kam boʻlishi
- Bir tuxumdonda ikkita dominant follikula
- Follikula yetilmay qolishi
Follikula nima?
Inson hayoti tuxum hujayraning urugʻlanishi bilan boshlanadi. Follikula bu – tuxum hujayrani himoya qilib turuvchi, ovulyatsiya jarayonigacha boʻlgan muddatda tuxum hujayrani yetiltiruvchi element hisoblanadi. Tuxum hujayra mustahkam epiteliy bilan qoplangan, uning ustida esa ikki qavat biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan hosila mavjud. Bunday himoya tuxum hujayraning urugʻlanish qobiliyatini va homilaning saqlanib qolishini taʼminlaydi.
UTT tekshiruvida bu hosil yumaloq shaklda koʻrinadi. Bundan tashqari follikulada ayollarga xos boʻlgan gormon – esterogenlar sintezlanadi.
Tuxumdonlarda follikulalar har oyda yangilanadi:
- Bir necha dona yetila boshlaydi;
- Ulardan bir donasi – antral – oʻlchami kattalashib boradi;
- Qolganlari – kichrayadi va nobud boʻladi, atreziya roʻy beradi;
- Eng kattasi – dominant – oʻsishda davom etadi;
Gormonlar taʼsiri ostida u yoriladi va ovulyatsiya jarayoni roʻy beradi.
- Tuxum hujayrada bachadon boʻshligʻiga tushadi;
- Agar jinsiy aloqa vaqtida sperma suyuqligi tushgan boʻlsa, spermatozoidlar tuxum hujayrani urugʻlantiradi;
- Agar urugʻlanish roʻy bermasa, tuxum hujayra bachadon epiteliy qavati bilan birgalikda hayz suyuqligi sifatida tashqariga chiqib ketadi.
Dominant follikula nima?
Hayz siklning oʻrtasida follikulyar apparat oʻz funksiyasining eng muhim qismiga keladi. Dominanat follikula – bu eng yirik boʻlgan, yetilgan, urugʻlanishga tayyor boʻlgan tuxum hujayrani himoya qilib turuvchi hosiladir. Ovulyatsiya vaqtida uning oʻlchami 2 sm.gacha yetishi mumkin, koʻpincha oʻng tuxumdonda joylashadi.
Follikula yetilgan vaqtda gormonlar taʼsiri natijasida yoriladi – bu jarayon ovulyatsiya deb nomlanadi. Tuxum hujayra bachadon boʻshligʻiga tushadi. Agar dominant hosil yetilamasa, ovulyatsiya jarayoni roʻy bermaydi. Buning sababi rivojlanishdagi oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.
Gormonal oʻzgarishlar natijasida, oʻsmirlik davrida, klimaks vaqtida, follikulayar apparat funksiyasi oʻzgarishi mumkin, bu esa – persistensiya deb ataladi. Bu hayz siklini kechiktirishi va qon ketishiga olib kelishi mumkin. Bu jarayon quyidagilardan dalolat beradi:
- Himoya elementining yetilgani;
- Dominant follikula yetilganligi;
- Yetilgan follikula yorilmaganligi;
- Tuxum hujayra bachadon boʻshligʻiga tushmaganligi;
- Tuxum hujayra urugʻlanish imkoni yoʻqligi;
- Homiladorlik roʻy bermasligi.
Bunday holatda follikulaning qayta kichrayishi kuzatiladi, undan esa keyinchalik kista shakllanishi mumkin. Yetilgan follikula yorilmaganda shifokorlar progesteron gormoni buyuradilar. Persistensiya natijasida quyidagilar rivojlanishi mumkin:
- Gormonlar ajralishda davom etaveradi;
- Bachadon endometriy qavati qalinlashadi;
- Bachadon siqiladi;
- Endometriy ajralib tushadi;
- Qon ketishi kuzatiladi.
Primordial follikula
Tuxum hujayralar ayol organizmida homiladorlik vaqtida yaʼni embrionlik vaqtidayoq paydo boʻladi va rezerv holatida saqlanadi (ovarial rezerv). Primordial follikula bu – himoya elementining birinchi bosqichi hisoblanadi. Tuxum hujayraning yetilishi – oogoniylardan – boshlanadi, ular tuxumdon ichki qismida joylashgan boʻladi, ularning oʻlchami juda kichik boʻladi. Tashqi tomondan granulyoz hujayralar bilan oʻralgan va tinchlik holatida saqlanadi.
Qiz bolalarning voyaga yetishi yaʼni hayz koʻrishni boshlashi quyidagi bosqichlarda kechadi:
- Follikulstimullovchi gormonlar hosil boʻladi;
- Uning taʼsiri natijasida tuxum hujayra yadrolari yetiladi (oostilar yadrosi);
- Tashqi ikki qavat himoya qobigʻiga yetilishi;
- Har oyda bir necha follikulalarning yetilishi va ular tuxum hujayrani himoya qilib turishi.
Antral follikula
Hayz siklining taxminan yettinchi kunida follikula yetilishining ikkinchi bosqichi roʻy beradi, bunda follikulyar suyuqlik ishlab chiqaruvchi hujayralar soni koʻpayadi. Himoya elementi shakllanish jarayoni yuz beradi:
- Antral follikula hayz siklining 8-kunida esterogen gormonini ajrata boshlaydi;
- Tashqi qavatdagi teka-hujayralar androgen gormonlar sintezlaydi – testosteron, androstendion;
- Follikulyar suyuqlik saqlovchi boʻshliq kattalashadi;
- Epiteliy ikki qavatni tashkil etadi.
Preovulyator follikula nima?
Oxirgi, uchinchi bosqichda tuxum hujayra maxsus tepalikda joylashadi va u urugʻlanishga tayyor holda boʻladi. Bu vaqtda follikulalar graf-hujayra nomini oladi va uning ichi suyuqlik bilan toʻla boʻladi. Suyuqlik hajmi 10 barobar ortadi. Ovulyatsiyadan bir sutka avval jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi, bu vaqtda esterogen sintezi kuchayadi va quyidagilar kuzatiladi:
- Lyutinlovchi gormoni sintezi boshlanadi va ovulyatsiya roʻy berishida ishtirok etadi;
- Graaf hujayralari devori yoriladi – ovulyatsiya jarayoni yuz beradi;
- Soʻngra sariq tanacha hosil boʻladi, u progesteron gormonini sintezlaydi, bachadon endometriy qavati koʻchib tushmasligini taʼminlaydi;
- Sariq tana bachadon endometriy qavati qon tomirlardan iborat toʻr hosil qiladi, bu esa keyinchalik yoʻldosh hosil boʻlishi uchun zarur boʻladi.

Tuxumdonda follikula yetilmasligi
Koʻp holatlarda ayollarda kuzatiladigan “bepushtlik” dardiga sabab tuxumdonlarda follikulalarning toʻliq yetilmasligidir. Natijada ovulyatsiya jarayoni roʻy bermaydi va erta klimaks kuzatiladi. Bunga sabab quyidagilar boʻlishi mumkin:
- Sport bilan faol shugʻullanish;
- Kuchli diyetaga rioya etish;
- Menopauza;
- Gormonal oʻzgarishlar;
- Semizlik.
Tuxumdonlarda follikulalarning normasi
Ayollarda follikulyar apparat tizimidagi oʻzgarishlarni aniqlash uchun UTT (UZI) tekshiruvidan oʻtishi kerak boʻladi. Agar qandaydir oʻzgarish aniqlanadigan boʻlsa ayollarda “bepushtlik” kelib chiqadi va uni davolash kerak boʻladi. tuxumdonlarda qancha follikula boʻlishi kerak ? Bu ayol yoshiga va hayz sikli kuniga bogʻliq boʻladi:
- Hayz siklining 7 kunida – 6-10 tagacha;
- Hayz siklining 10 kunida – bir dona dominant follikula paydo boʻladi, qolganlari nobud boʻladi.
Farzand koʻrish uchun qancha follikula boʻlishi lozim?
Ayol kishi homilador boʻlishi uchun tuxum hujayralar toʻliq yetilishi lozim. Tuxum hujayra urugʻlanishga tayyor boʻlishi uchun bir dona yetilgan, sifatli – dominant follikula boʻlishi lozim. U ovulyatsiyaga tayyor boʻlishi kerak. Agar UTT (UZI) tekshiruvida shu kabi follikuladan ikkita aniqlansa, boʻlajak farzandingiz egizaklar boʻlishi kutiladi.
Follikula yetilishi
Follikulogenez – follikulaning oʻsishi va yetilishi, normal holatda ovulyatsiya va tuxum hujayra urugʻlanishi bilan tugaydi. Hayz siklining 10 kunidan boshlab UTT (UZI) tekshiruvida dominanat follikulani koʻrish mumkin. Agar follikulaning yetilishi sekin boʻlsa, davo muolajalari qoʻllaniladi va keyingi sikl davomida uning oʻsishi tekshirib boriladi.
Hayz sikli davomida follikulaning oʻlchami
Har bir hayz siklida follikulalar maʼlum kunlar ichida oʻsadi va yetiladi. Bunda quyidagicha jarayon kechadi:
- Hayz siklining 7 kuniga qadar normada 6 mm boʻladi;
- 8 kundan boshlab dominant follikula yetila boshlaydi va oʻlchami 15 mm.gacha boʻladi;
- 11 va 14 kunlarda follikula oʻlchami koʻrinadigan boʻladi, yaʼni 25 mm.gacha yertadi.
Tuxumdonlarda follikulalar koʻp boʻlishi – bu nimani anglatadi ?
Follikulalar soni koʻp boʻlishi – bu patologiyadan darak beradi. Tuxumdonlarda 10 tadan ortiq boʻlgan follikulalar – multifollikulyar hisoblanadi. Agar UTT (UZI) tekshiruvida tuxumdonlarda 10 tadan ortiq follikulalar, pufakchalar koʻrinishida namoyon boʻlsa bu polifolikulyarlik deyiladi va bunday holatda polikistoz diagnozi qoʻyiladi.
Ammo har doim ham follikulalar koʻp boʻlishi kista hosil boʻlayotganidan darak bermaydi. Shunchaki bunday holat ayolda asabiy zoʻriqishlar va stress holatida ham kuzatilishi mumkin, bunda dominant follikula yetilishi sekinlashadi va tuxum hujayra urugʻlanish ehtimoli kamayadi. Bundan tashqari quyidagi omillar ham follikulalar koʻpayishiga sabab boʻlishi mumkin:
- Oral kontraseptiv vositalarni notoʻgʻri tanlash;
- Endokrin tizimidagi muammolar;
- Ortiqcha tana vazni;
- Qisqa muddat ichida ozish.
Tuxumdonlarda follikulalar soni kam boʻlishi
Bunday holatda ayollar homilador boʻla olmaydilar. Buni aniqlash uchun UTT (UZI) tekshiruvidan oʻtish kerak boʻladi. Hayz siklining 7 kunida tekshiruv oʻtkaziladi, sababi gormonlar yetishmovchiligidir. Tekshiruv natijasi quyidagicha boʻlishi mumkin:
- 7-16 ta follikula – homilador boʻlish ehtimoli bor;
- 4-6 ta – homilador boʻlish ehtimoli kam;
- 4 tadan kam – homilador boʻlish ehtimoli yoʻq.
Bir tuxumdonda ikkita dominant follikula
Bepushtlikni davolash maqsadida qoʻllanilgan gormonal preparatlar taʼsirida follikulalar yetilishi kuchayib ketishi mumkin va bir tuxumdonda ikkita dominant follikula shakllanadi. Koʻpincha bunday holat chap tomon tuxumdonida kuzatiladi. Bunday holatda ikkita yetilgan tuxum hujayra urugʻlanadigan boʻlsa – egizaklar dunyoga kelish ehtimoli yuqori boʻladi.
Follikula yetilmay qolishi
Follikulalar toʻliq yetilmasligi – bepushtlikka olib keladi. Buning sabablari esa quyidagilar boʻlishi mumkin:
- Erta roʻy bergan klimaks – tabiiy yoki jarrohlik amaliyoti sababli;
- Tuxumdonlar funksiyasi buzilishi;
- Ovulyatsiya bilan bogʻliq muammolar;
- Esterogenlar miqdorining kamligi;
- Endokrin tizimidagi kamchiliklar;
- Kichik chanoq aʼzolaridagi yalligʻlanish kasalliklari;
- Gipofiz patologiyasi.
Bundan tashqari follikulalar yetilmasligiga – stress holatlar, depressiya, asabiy zoʻriqish ham sabab boʻla oladi.
Follikulaning oʻzida boʻladigan oʻzgarishlar quyidagilar:
- Ularning umuman yoʻqligi;
- Yetilishida toʻxtab qolish;
- Yetarlicha oʻlchamga ega boʻlmasligi;
- Yetilishining kechikishi;
- Umuman yetilmasligi.
Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu - Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.
Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.
Men tuhumdonim normal holatdan 2oy o’tib kottalashishiga nima sabab?Va ikki tomonli folikulalar rivojlangan holatda birdaniga 2oy oralig’ida folikulalar yo’qolishiga nima sabab deb o’ylaysiz?Rahmat javon uchun!
Savolingizni atafsil tushuntirib yozsangiz, iltimos.
Umuman olganda follikulalar bilan bog’liq muammolar ko’pincha garmonal fonning o’zgarishi bilan bog’liq.
Falikula yetilishi uchun nimalar qilish kerak
Salom.Follikula haqida juda yaxshi ma’lumotlar bor ekan. Men ham bugun follikulalarimni UZI apparatida tekshiruvdan oʻtkazdim.oʻng tomonimda 6ta follikula bor ekan.1tasi dominant razmeri 19mm ekan. Bugun hayzimning 15kuni. Bu follikula yetilganmi? Qachon yoriladi? Yorilganidan keyin qoʻshilish kerakmi? Bachadonim 2shohli egiz farzand koʻrish ehtimoli bormi? Buni uchun qanday yoʻl tutishim kerak.? Javobingiz uchun oldindan rahmat!!!
Salom.Follikula haqida juda yaxshi ma’lumotlar bor ekan. Men ham bugun follikulalarimni UZI apparatida tekshiruvdan oʻtkazdim.oʻng tomonimda 6ta follikula bor ekan.1tasi dominant razmeri 19mm ekan. Bugun hayzimning 15kuni. Bu follikula yetilganmi? Qachon yoriladi? Yorilganidan keyin qoʻshilish kerakmi? Bachadonim 2shohli egiz farzand koʻrish ehtimoli bormi? Buni uchun qanday yoʻl tutishim kerak.?
Assalomu alaykum men hayzimni 11kuni uzi UTT tekshiruvidan o’tkandim 2ta dominant follikula yetilibdi o’lchamlari 13-14mm ekan bu ovulyatsiya uchun yorilishi uchun kichkinamasmi? tezroq yetilishi yorilishi uchun nima qilsam bo’ladi?
Assalomu aleykum.
Biz azospermiya sababli farzand koʻra olmayapmiz. Donor sperma orqali inseminatsiya usulida xomilador boʻlishni rejalashtirmoqchimiz. Bu boʻyicha kimga murojat qilsak boʻladi, iltimos bu boʻyicha tushunadigan mutaxassis topishga yordam bering.
assalomu alekum. men homiladorlikni rejalashtirgan edim shu sababli hayz siklining 9-kunida UTT tekshiruvidan o’tdim. shifokor menda dominant folikula ko’rinmayotganini aytdi va ginekologga murojaat qilishimni tavsiya qilishdi. ginekolog ham tekshirdi va hammasi joyidaligini aytdi. lekin savolimga javob ololmadim. dominant follikula ko’rinmasligiga sabab nima? iltimos shu savolimga javob bersangiz. javob uchun raxmat
Assalom aleykum! Yaqinda Uzi ga tuwgandm tuxumdonlaring uxoqb yotibdi dedi. 6oy avval infeksiyaga davolangan edm, wu sabab buoganmi tuxumdonlarim uxlab, folilikulalar yetilmasligiga
Tuxumdon rivojlanishi kôpayishi uchun nima qilsa boladi
Asalomu aleykum folikula yetiltiradigon Dori ichobman doktrim yetilmagani uchun during davom etrdedi bu tabletkalarni 5kundan ziyod ichsa zarari yoqmikan
Salom yaxshmsz manda falekula kotta bop ketadi yorlmidi bu nmadan
Menda yaqinda abort bo’ldim 6haftalik
20martda boldi endi qachon hayz ko’raman
Uzi tekshiruvida menda tuxumchami folikulami 1sm bo’lganini aytdi agar shu yorilsa hayz ko’rasiz dedi nega menda kechikebdi ohirgi hayzim 7 fevralda bolgan 12 fevralda tugagan shundan song homila aniqlandi abortdan ken qancha mudatda hayz koriladi normal holatga qachon qaytiladi iltimos javob bersangiz
Assalomu aleykum,Mart oyida Uzi tekshiruvidan o’tganimda sizda chap tuxumdoningizda folikulyarni kista bor fevral oyidan yetilib yorilmay qolgan degandi folikulyarni kista bilan ham homilador bo’lsa bo’ladimi, javob uchun katta raxmat.
Salom yaxshimisiz, bugun uzi tekshiruvidan o’tgan edim hayzimning 11-kuni folikula razmeri 15mm, chap tuxumdonda 1donaligini aytishdi, menvbu oyda homilador bo’laolamanmi?
Meni ayolimda dominant falikula yetishmayabdi uni qanday davolash mumkin yo kutish kerakmi davolnadi tabletklar ichdi lekin foydasi boladi bu jiddiy kasalikmi
Hayz ko’rganimdan keyin 10 chi kuni folikula 18 mm edi 13 chi kunda esa yorilgan dedi.Vrach aytdiki bunda urug’lanmaydi deb shu to’g’rimi
15kuni fallikulam olchami 31:27ongda chapda 27:26dedi uzzida tekshirganda..u yorlimasligi mumkinmi yoshim 25da
Assalom alekom falikula yorilishi uchun qanaq dori maz gelar bor surtganda yorilishi uchun nomini etvorsez oldindan raxmat
Assalomu alaykum, Follikula yorilishi uchun qandaydir dorilar bolsa, yozib bering iltimos.
Oʻng tomondagi follikula yetilib yorilsa qiz boʻladimi yoki oʻgʻil
Assalomu alikum men hayzimning 8-kuni UTT tiksheruvidan utdim falikulamni ólchamini 6mm deyishdi .Bu Ms most emasmi
Salom , 10aprelda hayz kurgandim , bugun 20aprel hayzimni 11kuni uziyga tushuvdim bugun 7mm hali kichkina dedi , rivojlanadimi yomi ovulyatsiya bularkinmi yomi , utgan oyda yaxshi buluvdi 11kunida yetilgan degani 14kunida ovulyatsiya buluvdi , bu safar yetilmagan yaxshi 11 kunidq 7mm bu nimadan ? Javob u.n raxmat
Salom qiz bolaman hali turmushga chiqmaganman folikulyam yorilgan belim va ichim ogriydi qornim kattalashgan hayz bomaganimga 1 oy boldi tushuntirib bering iltimos qornim yana oz holiga qaytadimi
Assalomu aleykum menda folekula umuman yoq ekan nima qilsam bòladi qanday maslahat berasiz