Chaqaloq axlati – normal va patologik holatlar

Bolakay dunyoga kelishi bilan koʻpgina yosh onalarda xavotirlanish va qoʻrquv hissi kelib chiqadi. Kichkintoylarning sogʻligi onalar uchun juda muhim va qiziqarlidir. Ayniqsa, bolakayning ichi kelishi va chaqaloq axlati qanday boʻlishi onalarni koʻplab xavotirga soladi. Haqiqatdan ham bola najasining qanday ekanligi bolaning umumiy organizmining umumiy holati haqida koʻplab maʼlumotlar beradi.

Chaqaloq axlati

Chaqaloq axlati normal holatda qanday?

Homiladorlik vaqtida bolakay oshqozon-ichak tizimida birlamchi axlat – mekoniy toʻplanadi. Mekoniy bir xil massali, deyarli qora rangli, hidsiz boʻladi. Uning tarkibiga ichaklarda ishlab chiqariladigan shilliq, bolakay yutgan homila oldi suyuqliklari va boshqalar kiradi. 

Normada mekoniy bola dunyoga kelgan ilk kunda ajraladi. Mekoniyning ona qornida ajralishi homiladorlik patologiyalari yaʼni bolaga kislorod yetishmovchiligi, homila ichi infeksiyalari bilan bogʻ​liq. Bunda homila ichi suyuqligi tiniqligi buziladi va u yashil tusga kiradi.

Bola dunyoga kelganidan soʻng 2-3 kun ichida bolakay axlatining asosiy massasini mekoniy tashkil etishi ham mumkin, toki onada sut kelishi koʻpayib bolakay ona suti bilan toʻliq oziqlanmagunga qadar. Agar ona bolani ona suti bilan oziqlanmasa, bolaning umuman ichi kelmasligi ham mumkin. Bunga sabab ona koʻkrak bezida hosil boʻlgan ogʻ​iz suti bilan oziqlangan bolakay oshqozon ichak tizimida toʻliq soʻrilib ketadi va uning qoldiqlari qolmaydi.

Onada laktatsiya jarayoni kuchayib borgan sari bolakayda ham najas shakllanib boradi. Najasning toʻliq shakllanishida chala shakllangan najas degan tushuncha mavjud. Bunday najas konsistensiyasi boʻtqasimon, birlamchi najas aralashgan, sariq-yashil tusda va oʻtkir hidli boʻladi.

Yetilgan najas esa toza, sargʻish tusdagi, bir xil tarkibli boʻtqasimon konsistensiyaga ega hamda achigan sut hidini eslatuvchi hidga ega boʻladi.

Bola ichi necha marta kelishi kerak?

Bolakayning ichi kelishi ona suti bilan oziqlanib borgani sari koʻpayib boradi, sutkada deyarli 5-8-marta kelishi ham mumkin.

Sekin-astalik bilan bola ichi kelishi bir sutkada 2-3 marotabani tashkil etadi. Bunga sabab bola organizmi ona sutini hazm qilishga moslashib borishidir, yaʼni sut bola oshqozon-ichak tizimida toʻliq soʻriladi va ortiqcha massa ajralmaydi ham. Bolaning yoʻgʻon ichagi mushak qavati ichak boʻshligʻining sut qoldiqlari bilan toʻlgandagina qisqaradi va peristaltika jarayoni roʻy beradi. Bunday holat bolaning yoshi 1,5 oylikdan oʻtganda roʻy beradi. 

O‘QING:  Chaqaloqni choʻmiltirish tartibi va foydali tomonlari

Bola ichi bir necha kunda bir marotaba kelishi ham normal holat hisoblanadi, agarda: bolakay faqatgina ona suti bilan oziqlansa, uning yoshi 1,5 oylikdan katta boʻlsa, har qanday patologik belgilar koʻzga tashlanmasa (qorin dam boʻlishi, ogʻriq, bezovtalik), bola tana vazni ortib borsa va u mutlaqo xotirjam boʻlsagina.

Sunʼiy ozuqa bilan oziqlanadigan bolalar najasi yetilgan, qora tusli, oʻtkirroq hidga ega, quyuqroq konsistensiyaga ega boʻlishi hamda sutkasiga 1 marotaba kelishi zarur. Umuman olganda bolakay ichi sunʼiy oziqlanish holatida bir kunda bir marotaba kelmasa, ich qotishi deb baholasa ham boʻladi.

Najasda chala parchalangan kletchatka boʻlishi

Koʻpincha chaqaloq axlati rangi yashil tusda boʻladi. Qanday laktatsiya jarayoni jadal kechayotgan boʻlsada, bolakayning axlati noodatiy boʻlishda davom etadi. Baʼzida axlat tarkibida shilliq ham ajraladi. Bunga sabablar quyidagilar:

Toʻyib oziqlanmaslik

Koʻpincha onada yetarlicha sut ajralmaganligi sababli bolakay toʻyib sut icha olmaydi bu esa bolalarda najas kelishi va uning tarkibi oʻzgaradi. Bundan tashqari, bolaning toʻyib ovqatlanmasligiga koʻkrak soʻrgʻichlarining yassi va kichik boʻlishi ham olib keladi.

Chaqaloq axlati ichak shilliq qavatlarining yalligʻlanishi hisobiga qanday oʻzgaradi?

Homiladorlik vaqtida bolaning gipoksik holatda boʻlishi barcha toʻqimalarga salbiy taʼsirini oʻtkazadi, shu jumladan ichak shilliq qavatlari ham yalligʻlanishi mumkin. Bunga qoʻshimcha ravishda ona isteʼmol qiladigan mahsulotlar tarkibida sunʼiy konservantlar, xushboʻylantiruvchi moddalar, boʻyovchi moddalar boʻlishi ham bolakay ichkarida turli xil oʻzgarishlarga sabab boʻladi.

Sunʼiy ozuqaviy qoʻshimchalar quyidagi mahsulotlar tarkibida koʻp boʻladi: kolbasa mahsulotlari, konserva mahsulotlari, sunʼiy sharbatlar, turli xil mevalar taʼmini beruvchi sut mahsulotlari. Va nihoyat ichaklar yalligʻlanishining eng asosiy sababi ichaklar dizbiozi (dizbakteriozi) dir. 

Ichakda yashovchi shartli patogen bakteriyalar qandaydir omil taʼsirida patogenlik xususiyati oshib ketadi va ular ichak shilliq qavatlarini zararlaydi. Ayniqsa, ona emizikli davrda antibakterial dori preparatlarini qabul qilayotgan boʻlsa, ichakda disbioz holati yanada kuchayadi.

Nima qilish kerak?

Chaqaloq axlati tarkibida parchalanmagan oʻsimlik qoldiqlari aniqlansa, avvalo bolakayni toʻyguncha oziqlantirish lozim. Bolaning toʻyib ovqatlanmasligi nafaqat uning ichi kelishiga, balki bolaning tana vazni ortishi, uning oziqlangandan soʻng toʻyib uxlamasligi, emizish oraligʻining qisqa boʻlishiga olib keladi.

Bolaning sutga toʻymasligi natijasida peshob ajralishi ham kamayadi (normada kuniga kamida 6-8 marotaba peshob ajratishi lozim). Bolani emizishda standartga koʻra bola istagiga koʻra emizishni tashkillashtirish lozim, yaʼni kun davomida bolakay qachon emishni xohlasa, oʻsha vaqtda unga koʻkrak tutish lozim hamda uning toʻyguniga qadar imkon yaratib berish muhimdir. Mana shu yoʻl bilan onalarda ham laktatsiya jarayoni yanada jadallashadi.

O‘QING:  Chala tug‘ilgan bolalar - fiziologiyasi, rivojlanishi va parvarishlash asoslari
Chaqaloq axlati

Ona ratsionini tuzishda bolaning umumiy ahvolini ham eʼtiborga olish zarur. Agar bolakay yoshiga nisbatan tana vazni ortsa, uning umumiy ahvoli qoniqarli boʻlsa, kayfiyati ijobiy, atrof muhitga qiziquvchan boʻlishida ham bola axlatining rangi yashil boʻlishi – homiladorlik vaqtidagi gipoksiya yoki ichak disbakterioziga bogʻliq. Bunday holat bir necha kun hatto bir necha hafta davom etishi mumkin. Yuqorida keltirilganidek agar bolaning umumiy ahvoli oʻzgarmasa, uning ichak florasiga aralashish kerak emas, disbakteriozga qarshi eng samarali davo bu ona sutidir. 

Agar chaqaloq axlati rangi yashil boʻlishi uzoq muddat davom etsa, hamda bolaning umumiy ahvoli oʻzgarmas, ona sutini bakteriologik tekshirish lozim. Sut tarkibida bakteriyalar aniqlansa, ularning antibiotiklarga sezuvchanligi bilib olinadi va antibakterial davo muolajalari boshlanadi. Bunday vaziyatda ona bolakayni emizishi tavsiya etilmaydi.

Bolakayda disbakterioz belgilari, qorin dam boʻlishi, qorindagi ogʻriqlar, bezovtalik hamda tana vazni oshmasligi aniqlansa – koprogramma va najas florasini tekshirish lozim. Koprogramma tekshiruvida ichaklarda hazm jarayoni qay darajada kechayotganligi haqida maʼlumot olsa boʻladi. Agar ichaklarda yalligʻlanish jarayoni ketayotgan boʻlsa, najasda leykotsitlar soni oshishi, uning kislotali muhitda boʻlishi, yashirin qon tanachalari aniqlanadi. Najas florasini tekshirishda patogen mikroorganizmlar boʻlishi va ularning miqdorini aniqlash kerak boʻladi. 

Agar najas tahlilida patogen mikroorganizmlar koʻplab aniqlanadigan boʻlsa davo sifatida – maxsus viruslar bakteriofaglardan foydalaniladi, bunday davo muolajalari taʼsirida normal bakterialar nobud boʻlmaydi. Alohida holatlarda bolalarga ham antibiotiklar buyuriladi. Har qanday vaziyatda ham muolajalar soʻngida normal mikroflorani tiklash uchun probiotiklar buyuriladi.

Ushbu maqolani ham oʻqing: Bolalarda ich ketishi (diareya) – sabablari, turlari, klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi va davolash usullari

Najas tarkibida oqish donachalar

Chaqaloq axlati tarkibida oqish donachalar boshqacha qilib aytganda najas tarkibida “tvorogsimon” kichik-kichik donachalar paydo boʻlishi ham mumkin. Bunday holatda bolaning umumiy ahvoli qoniqarli boʻlsa, uning kayfiyati, tana vazni ortishi ijobiy boʻlsa xavotirlanishga oʻrin yoʻq. bunga sabab koʻpincha bolakayning keragidan ortiq ona sutini emishidir. 

Bola organizmning mukammal tuzilganligining yana bir isboti ham mana shu, bola ortiqcha ozuqa massalarini shunchaki tashqariga chiqarib yuboradi. Shu sababli zamonaviy pediatrlar fikriga koʻra bolakaylarni faqatgina istagiga koʻra emizish lozim. Agar bolaning umumiy ahvoli oʻzgarsa, tana vazni yoshiga nisbatan ortmasa va najas tarkibida oqish donachalar ajralib tursa bu – oshqozon-ichak tizimida fermentlar yetishmovchiligidan dalolat beradi. Shifokorga murojaat eting, u bolakay hazm jarayonini yengillashtirish uchun qoʻshimcha fermentativ preparatlar buyurishi mumkin.

O‘QING:  Chaqaloqni choʻmiltirish tartibi va foydali tomonlari

Laktaza yetishmovchiligi boʻlsa, chaqaloq axlati qanday oʻzgaradi?

Koʻpgina ota-onalar bolakaylar axlatining suyuq va koʻpikli boʻlishi, oʻtkir hidli hamda uning rangining oʻzgarishi kabi holatga duch keladilar. Qogʻoz matoli taglikda bunday najas oʻzidan namlanib qolgan iz qoldiradi.

Ich kelishi porsiya-porsiya boʻlib kelishi hatto gaz ajralgan holda ham ichaklarning toʻliq boʻshalmasligi va yuqoridagi kabi belgilar – laktozaning miqdorining koʻpligidan dalolat beradi, yaʼni laktozani parchalovchi laktaza fermenti yetishmovchiligi. 

Bunga sabab koʻpincha ona sutida nasliy ravishda laktoza moddasining koʻp boʻlishi yoki bolakay hazm qilish traktida laktaza fermenti ishlab chiqarishi kamayganligidir. Parchalanmagan uglevod oʻziga suvni tortadi, aynan shu sababli bolakay axlati suyuq holda keladi.

Koʻpincha laktaza fermentining yetishmovchiligi disbakteriozlar bilan kechadi, chunki kislotali muhit ichak normal mikroflorasi tarkibiga kiruvchi mikroorganizmlarni nobud qiladi. Agar bunday vaziyatda yuqorida aytib oʻtilganidek bolaning umumiy ahvoli oʻzgarmasa davo muolajalari oʻtkazish talab etilmaydi. 

Bolaning yoshi 9-12 oylikka borganda ichaklarda ferment bezlari faoliyati kuchayadi va laktoza parchalanishi tiklanadi. Agar laktoza fermenti yetishmovchiligining sababi nasliy (genetik) kasallik boʻlsa va buni genetiklar tasdiqlasa, ona oʻz ratsionidan hamda bolakay ratsionidan qatʼiy ravishda sut mahsulotlarini cheklashi kerak boʻladi. Shundan soʻng ham vaziyat ogʻirlashsa, laktaza fermentini saqlovchi dori preparatlari buyuriladi.

Chaqaloqlarda ich qotishi

Ich qotishi deb bola ichining bir sutka davomida kelmasligi, hamda axlat kelishida qiyinchilik va diskomfortlar bilan amalga oshishiga aytiladi. Emizikli bolalar orasida ich qotishi nisbatan kamroq uchraydi. Ich qotishining sababi ikki xil boʻlishi mumkin: onaning notoʻgʻri ovqatlanishi va bolakay ichak motorikasining buzilishi (anal sfinkteri spazmi)dir.

Onaning notoʻgʻri ovqatlanish ratsioni oqsilli mahsulotlar juda koʻp, yengil hazm boʻluvchi uglevodlarga boy hamda kletchatkaning kam miqdorda boʻlishidir. Bunday holatda onalar oʻz ovqatlanish ratsionini qayta tuzib chiqishlari, ratsionda mevalar sabzavotlar, qora non boʻlishi zarur. Ayrim mahsulotlar – shaftoli, oʻrik, olxoʻri, anjir, qovoq, kefir kabilar ich yumshatuvchi xususiyatga ega. Bu mahsulotlar onada ham bolada ham ich qotishlarini oldini oladi.

Yuqoridagi chora tadbirlar vaziyatni yengillashtirmasa bolaning ichi qotishiga ichaklar motorikasining buzilishi sabab boʻladi: gipotoniya yoki anal sfinkteri spazmi. Anal sfinkteri spazmi holatida uy sharoitida davo muolajalari olib borish samara bermaydi. Bunga sabab patologik holat nerv tizimi bilan bogʻliqdir. Spazm natijasida gazlar ajralishi ham qiyinlashadi va bolakay qorni dam boʻlib, koʻp bezovtalanadi.

Shifokorlar vaqtincha vaziyatni yengillashtirish uchun gaz oʻtkazuvchi trubkalardan foydalanadilar. Konservativ davo sifatida glitserin shamchalari, dyufalak, mikroklizma buyurishi mumkin.

Mana endi siz bolakaylarning axlati qanday koʻrinishda boʻlishi va ularda eng koʻp uchraydigan patologiyalar haqida qisqacha boʻlsa ham maʼlumotga ega boʻldingiz. Har qanday sharoitda ham bolakay holatini faqatgina shifokor baholaydi va davo muolajalarini ham shifokor buyuradi.

Ushbu maqolani ham oʻqing: Chaqaloqlarda ich qotishi (qabziyat) – sabablari, belgilari va bartaraf qilish yo‘llari

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz

Loading...


🏠 » Bolalar salomatligi » Bolani parvarishlash » Chaqaloq axlati – normal va patologik holatlar


Loading...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan