Bola uyquda ko’p terlash sabablari, tashxislash va davolash usullari

Ko╩╗pgina onalarni xavotirga soladigan holat bolakaylarining tunda ko’p terlash holatidir. Albatta, bunday vaziyat juda ko╩╗p uchraydi, bolakayni uxlatib yotqizib qo╩╗ysangiz kiyimchasi va yotoq choyshabining terlash natijasida nam bo╩╗lib qolganligini ko╩╗rasiz.

Ammo, bunday vaziyatda xavotirlanish kerak emas, bolalar uchun bu fiziologik jarayon hisoblanadi. Ba╩╝zida ko╩╗p terlash bolaning qizib ketganligi yoki nerv tizimidagi ayrim muammolar tufayli bo╩╗lishi ham mumkin. Bundan tashqari ter bezlarining juda faol bo╩╗lishi ayrim kasalliklardan darak berishini ham unutmaslik lozim.

ko'p terlash

Bolalarda uyqu vaqtida ko╩╗p ter ajralishi sababini aniqlash uchun avvalo ular organizmning tuzilishi va fiziologiyasi bilan tanishib chiqish kerak bo╩╗ladi.

Bolalarda uyqu vaqtida ko╩╗p terlashi: fiziologik jarayon!

Avvalo, ter ajralishi har qanday yoshdagi inson uchun normal holat ekanligi va organizm shu yo╩╗l bilan tana haroratini me╩╝yorda saqlab turishini bilib olish zarur. Bolalarda esa ter bezlari funksiyasining to╩╗liq ishlamasligi va termoregulyatsiya markazining yaxshi rivojlanmaganligi bois uyqu vaqtida ko╩╗p terlash holati tez-tez uchrab turadi.

Ter bezlarining faol vazifa bajarishi bola hayotining 3-haftasidan boshlanadi. Ammo, to╩╗liq shakllanishi 5-6 yoshlarda ro╩╗y beradi. Odatda tungi uyqu vaqtida ko╩╗p ter ajralishi 3 yoshgacha bo╩╗lgan bolalarda kuzatiladi. Bola 4 yoshdan oshgach bunday holat kamdan kam qayd etiladi.

Ter bezlarining vazifasi faqatgina organizmni sovutish emas, balki organizmda to╩╗plangan zaharli moddalar, toksinlarni ham ajratib tashlash kabi funksiyasi ham mavjud va bu jarayon nerv tizimi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Mundarija

Uyquda ko’p terlash: patologik jarayon

Ko╩╗pgina mutaxassislar fikricha bolalarning ko╩╗p terlashiga quyidagilar sabab bo╩╗ladi:

  • Xona haroratining yuqori bo╩╗lishi yoki ob havoning issiq bo╩╗lishi natijasida bolaning terlashi;
  • Kun davomida bola emotsional holati, qo╩╗zg╩╗aluvchanligi, nerv tizimining ta╩╝sirlanishi tungi vaqtda ko╩╗p terlashga sabab bo╩╗ladi;
  • Shamollash kabi holatlarda;
  • Nasliy moyillik.
OÔÇśQING:  Emlash - turlari, oÔÇśtqazilish tartibi, emlash kalendari va qarshi koÔÇśrsatmalar

Ko╩╗p ter ajralishi ayrim kasalliklar natijasida ham ro╩╗y beradi, ular quyidagilar bo╩╗lishi mumkin:

  • Vitamin D yetishmovchiligi va raxit;
  • Apnoe;
  • Qalqonsimon bez funksiyasida kamchiliklar;
  • Jigar va oshqozon ichak tizimidagi muammolar;
  • Yurak-qon tomir kasalliklari;
  • Immun tizimidagi o╩╗zgarishlar.

Bolaning qizib ketishi

Bola dunyoga kelgach hayotining 3-haftasidan boshlab tashqi muhit haroratiga ta╩╝sirlanishni boshlaydi. Issiq havo bola termoregulyatsiya markazini faollashtiradi. Bola 5-6 yoshgacha bo╩╗lgan davrda issiq havoga juda sezuvchan bo╩╗ladi va organizm bunday vaziyatda kuchli qo╩╗zg╩╗alishi, ter ajralishi ko╩╗payishi mumkin.

Nima uchun bolalar aynan uyqu vaqtida ko’p terlash kuzatiladi?

Pediatrlar bu holatni quyidagicha izohlaydilar: bolalarning kunduzgi vaqtda terlashi tez bug╩╗lanadi, bolalar aynan kun davomida o╩╗zlarining asosiy energiyalarini sarflaydilar. Tungi vaqtda ham ter bezlari faol ishlab turadi ammo bola o╩╗zining energiyasini faol sarflamaydi, shu sababli ajralgan ter bug╩╗lanmaydi, aksincha organizmda to╩╗planib qoladi.

Bola ko╩╗p terlashining yana bir sababi bolakayni juda qalin matolar bilan belab tashlashdir. Ko╩╗pgina onalar bolakaylarining sovuq qotib qolishlaridan cho╩╗chib ularni uyqu oldidan juda qalin matolar bilan o╩╗raydilar yoki mavsumga mos bo╩╗lmagan kiyimchalar kiydiradilar, natijada bolakay organizmi qizib ketadi va ko╩╗p ter ajralishidan aziyat chekadi. Bolakaylarning qizib ketishi va ko╩╗p terlamasliklari uchun quyidagilarga rioya etish lozim:

Bolalar xonasida optimal harorat 18-21 gradusni tashkil etishi, namlik miqdori esa 50-60 % bo╩╗lishi maqsadga muvofiq. Quruq havo ham ter bezlari ishini faollashtirib yuboradi. Bolakay uxlaydigan xonani tez tez shamollatib turish zarur: kun davomida 10-20 daqiqadan 3-4 marotaba.

Bolakaylarni xona haroratiga mos holatda kiyintirish kerak. Kiyim matolari tabiiy bo╩╗lishi va havo o╩╗tkazishi tavsiya etiladi.

Nerv tizimining kuchli qo’zg’alishi

Bola hayotining 1 yilida nerv tizimi juda qo╩╗zg╩╗aluvchan bo╩╗ladi. Kun davomida bolakay atrof olamga moslashadi, juda ko╩╗plab emotsiyalar, ko╩╗plab ta’surotlar oladi, yangi yangi qobiliyatlarni o╩╗rganadi, shu sababli nerv tizimi juda kuchli ishlaydi. Hatto, bolakay tunda uxlayotganda ham uning nerv tizimi faol ishlab turishi mumkin. Bu esa uyqu vaqtida ter ajralishining ko╩╗payishiga sabab bo╩╗ladi.

OÔÇśQING:  Chaqaloqni cho╩╗miltirish tartibi va foydali tomonlari

Bola nerv tizimi zo╩╗riqishini kamaytirish va ter ajralishini kamaytirishning bir necha usullari mavjud, ular quyidagilar:

  • Kechki vaqtda faol o╩╗tinlarni va televizor tomosha qilishni kamaytirish, ular o╩╗rniga kitob o╩╗qish yoki yengil o╩╗yinlar o╩╗ynash kerak;
  • Uyqu oldidan toza havoda bolakay bilan biroz sayr qilishga harakat qiling;
  • Bolakayni yengilgina massaj qilish ham bolani tinchlantiradi va uyqusida bezovta bo╩╗lmasligini ta╩╝minlaydi;
  • Uyqu oldidan tinchlantiruvchi xususiyatga ega bo╩╗lgan o╩╗simliklar solingan iliq suvda bolakayni cho╩╗miltiring;

Bola nerv tizimining faol o╩╗sishi natijasida ham uyqu vaqtida ter ajralishi ko╩╗payadi, bu normal fiziologik holat hisoblanadi.

Shamollash kabi kasalliklar

Bolakay optimal sharoitda uxlasa ham uyqu vaqtida ko╩╗p terlasa, bun organizmda qandaydir patologik jarayon ketayotganidan darak beradi, ko╩╗pincha shamollash xarakteridagi kasalliklarda shunday holat kuzatiladi.

Ko╩╗p ter ajralishi bola organizmining keraksiz moddalar, toksinlardan tozalashga harakat qilayotganini bildiradi. Bundan tashqari shamollash jarayoni yuqori tana harorati, yo╩╗tal, nafas olish qiyinligi, holsizlik bilan namoyon bo╩╗lishi yoki yashirin kechishi ham mumkin ÔÇô bunda onalar bolalarida faqatgina ko╩╗p ter ajralishi sezadilar xolos.

Agar siz bolangiz uyqu vaqtida ko╩╗p terlashining sababini biror bir kasallik bilan bog╩╗lasangiz yoki shunga shubha qilsangiz darhol shifokorga murojaat eting. Holatni yengillashtirish uchun shunchaki bolakayga ko╩╗proq suyuqlik ichiring.

Ko’p ter ajralishida nasliy omilning o’rni

Organizmning ko╩╗p ter ajratishi nasldan naslga juda kam holatlarda beriladi. Agar bolakayda ko╩╗p ter ajralishi sababi genetik darajada belgilangan bo╩╗lsa, bolada kunning har qanday qismida ko’p terlash kuzatilishi mumkin, faqatgina uyqu vaqtida emas. Bunday vaziyatda holatni yengillashtirish uchun ter ajralishini ko╩╗paytiruvchi omillarni bartaraf etish zarur:

  • Bolakay bilan faol harakat talab etmaydigan o╩╗yinlar o╩╗ynash;
  • Bolani stress holatlarga tushmasligini ta╩╝minlash;
  • Dorivor o╩╗tlar solingan suvda bolani cho╩╗miltirish (romashka, kalendula, qirqbo╩╗g╩╗im va boshqalaar).

Uyquda ko’p terlash: jiddiy kasalliklar sababli

Kam holatlarda ammo shunday bo╩╗lsada, uchrab turadigan vaziyat ÔÇô bola uyquda ko╩╗p terlashiga sabab jiddiy kasalliklar bo╩╗lishi mumkin. Patologiyani faqatgina shifokor aniqlay oladi, bunda ko╩╗p ter ajralishidan tashqari boshqa simptomlar ham yuzaga chiqadi.

OÔÇśQING:  Bolalarda tish chiqishi - tartibi, muddati va parvarishlash

Vitamin D yetishmovchiligi va raxit kasalligi sababli bolaning ko╩╗p terlashi bilan birga quyidagi belgilar ham yuzaga chiqadi:

  • Ajralgan ter quyuq va o╩╗ziga xos hidga ega bo╩╗ladi;
  • Bola ensa sohasida soch to╩╗kilishi kuzatiladi (ÔÇťtaqa boshÔÇŁ);
  • Bolakay doimo notinch va qo╩╗zg╩╗aluvchan bo╩╗ladi;
  • Bola uyqu vaqtida tez-tez uyg╩╗onib ketadi.

Bolada ko’p terlash bilan birgalikda yuqorida sanab o╩╗tilgan belgilar ham kuzatilayotgan bo╩╗lsa darhol shifokorga murojaat eting, davo muolajalari o╩╗z vaqtida boshlanmasa bolakay nogiron bo╩╗lib qolishi ham mumkin.

Apnoe kabi patologik holat bola hayotiga xavf soladi. Bunday vaziyatda bolada quyidagi belgilar ham namoyon bo╩╗ladi:

  • Bolakay uyqu vaqtida qaltirab ketadi;
  • Bola uyqu vaqtida kuchli nafas oladi va xurrak otadi;
  • Uyquning buzilishi va har xil tushlar ko╩╗rishi;
  • Kun davomida bolaning holsiz bo╩╗lishi, bola e╩╝tiborini bir joyga jamlay olmasligi;

Yurak-qon tomir tizimi bilan bog╩╗liq kasalliklar quyidagi belgilar bilan namoyon bo╩╗ladi:

  • Sovuq ter ajralishi;
  • Hansirash;
  • Qo╩╗llarning sovuq bo╩╗lishi.

Ba╩╝zida ko╩╗p ter ajralishi qalqonsimon bez faoliyatining buzilishidan darak beradi va quyidagi belgilar kuzatiladi:

  • Ishtahaning pasayishi;
  • Yurak urishining tezlashishi;
  • Tez charchab qolish va holsizlik;
  • Bola kayfiyatining o╩╗zgaruvchanligi;
  • Tungi vaqtda tez-tez siyib qo╩╗yish;
  • Qovoqlar pirillashi.

Bolakayda uyqu vaqtida ter ajralishining ko╩╗payishi va qo╩╗shimcha belgilarning namoyon bo╩╗lishi shifokorga murojaat etish uchun yetarlicha sabab bo╩╗la oladi.

Bolakay salomatligi va hayoti muhim ahamiyatga ega bo╩╗lgan vaziyatda hech qachon mustaqil ravishda uy sharoitida davo muolajalarini o╩╗tkazishga urinmang!


Homiladorlik davridagi o╩╗zgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan ko╩╗proq bahramand bo╩╗lishni istasangiz, homilador ayollar uchun mo╩╗ljallangan ÔÇťLalu - Homiladorlik maktabiÔÇŁ mobil ilovasini telefoningizga o╩╗rnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur bo╩╗lgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning o╩╗lchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa ko╩╗plab muhim imkoniyatlarga ega.

Ilovani ushbu link orqali yuklab olishingiz mumkin: https://bit.ly/lalu_app




Add a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi.

error: Saytdan ma\'lumot ko\'chirish mumkin emas!